Samarqand davlat chet tillar instituti tarjimonlik fakulteti tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedresi


Download 200.06 Kb.
bet39/42
Sana05.01.2022
Hajmi200.06 Kb.
#206871
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
Bog'liq
4. Худойбердиева

III bob bo’yicha xulosa

So’ngi uchinchi bobni xulosa qilib aytadigan bo’lsam, tarjimada pragmatik xususiyatlar quyidagilarni e’tiborga olgan holda qayta yaratiladi. Birinchidan, asarda tasvirlanayotgan shart-sharoit va muhit, ikkinchidan, asar yozilgan davr va davr ruhi, uchinchidan, asar qahramonlari xarakteri, to’rtinchidan, asliyatda qo’llanilgan leksik birliklarning o'ziga xos sususiyatlari, beshinchidan, matnning siyosiy, ma’rifiy, madaniy, iqtisodiy xususiyatlari va shu kabilar.

Asliyatning pragmatik xususiyatlarini tarjimada qayta yaratishda tarjimonning asliyat matniga neytral bo’lishi talab etiladi. Aks holda tarjimonning shaxsiy munosabati tarjimada asliyat mazmuniga putur yetkazishi va istalgan natijaga erishilmasligi mumkin. Ba’zan asliyatdagi pragmatik ma’noni saqlab qolish uchun, tilni mukammal bilishning o’zi kamlik qiladi, chunki ba’zi so’zlar matnda lug’atlarda ko’rsatilmagan ma’nolarda qo’llangan bo’ladi va bunday so’zli jumlalarni kontekstdan kelib chiqqan holda tarjima qilishga to’g’ri keladi. Ya’ni bu kabi so’zlarning ma’nosini kontekstni o’rganib chiqib bilib olish mumkin.

Tarjimachilik sohasiga endigina qo’l urgan tarjimonlar ayrim vaziyatlarda matnda qo’llangan bazi so’zlarning tarjimasini bilmasalarda, ularni kontekstdan kelib chiqqan holda qanday ma’no kasb etayotganini tushunishadi. Bunday tushunish kontekstual pragmatik tushunish hisoblanadi.

Tarjima jarayonida pragmatik xususiyatlarni berishda shoshma-shosharlikka yo’l qo’yib bo’lmaydi. Ehtiyotkorsizlik va shoshilinch qilingan tarjima xato va kamchiliklarni yuzaga kelishiga, bu bilan asarning pragmatik potensialining kamayishiga sabab bo’ladi.


Download 200.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling