Thus he thought, and crumpled up and sank down upon the wet earth.
(Jack London “Love of life”-1905. pg.9)
В отчаянии он опустился на мокрую землю и заплакал. (Джэк Лондон собрание сочинений., Том 5; М. 1961. ст. 268)
Odam holdan toyib chalchiq yerga o’tirib oldi-da, yig’lab yubordi. (J.
London “Hikoyalar”- T. 1955. 64b.)
Ingliz tilidagi “crumpled up” so’zining ma’nosi rus tarjimoni tomonidan pragmatik tushunilgan, ya’ni asliyat muallifi nazarda tutgan pragmatik belgini rus tarjimoni tarjimada “В отчаянии” leksik birligi bilanto’g’ri bera olgan. O’zbek tarjimoni esa asliyatdagi ma’nodan biroz yiroq bo’lgan “holdan toyib” iborasi bilan bermoqda.
Ba’zi hollarda asliyatdagi ma’noni kuchaytirish, ta’sirchanlik xususiyatlarini oshirish maqsadida tarjimada qo’shimcha leksik vositalardan foydalanilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |