Samarqand davlat chet tillari instituti


Download 28.43 Kb.
bet2/9
Sana28.10.2023
Hajmi28.43 Kb.
#1730566
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2.04 Sinxron tarjima t-b

2-mavzu. Sinxron tarjima qilish prinsiplari. Chet tilidan ona tiliga sinxron tarjima qilish prinsiplari. Ona tilidan chet tiliga sinxron tarjima qilish prinsiplari. Sinxron tarjimada gaplarni mantiqiy bog‘lash. Sinxron tarjimada kompressiya hodisasi. Tarjimada qo‘llaniladigan turli leksik va grammatik transformatsiyalar. Tarjima 5 metodlari sirasiga kiradigan mikrorevyu, kompressiya,substitutsiya, transformatsiya hodisalari.
3-mavzu. Vizual tarjima sinxron tarjimaga o‘rgatish metodi sifatida. Vizual tarjima metodlari, darhol tarjima qilish uslublari, yozma matnni qisqa vaqt ichida og‘zaki tarjima qilish, tarjima qilinayotgan tildagi so‘z va iboralarga ayni paytda ekvivalentlarini topish. Vizual tarjimaning texnik usullari, kompyuter ekranida yozilgan matnlarni vizual tarjima qilish. Katta ekranlardagi matn, titrlarni vizual tarjima qilish. Oziq-ovqat, isteʼmol maxsulotlari qadoqlaridagi yozma matnlarni vizual tarjima qilish.
4-mavzu. Tarjima jarayonida xotirani rivojlantirish. Sinxron tarjima xotirani rivojlantirish mashqlari. Mnemotexnik mashqlar. Sonlarni yodda olib qolish. Tarjima jarayonida xotirani rivojlantirish. Sinxron tarjima ko‘nikma va malakalarini oshirishga yo‘naltirilgan, xotirani mustahkamlaydigan turli mashqlar bajarish.
5-mavzu. Tarjimon sinxronistning nutqini o‘stirish. Sinxron tarjimada ko‘p so‘zli iboralarni kam so‘zli ibora va so‘zlar bilan almashtirish. Notiq nutqidagi asosiy semantik mazmunning tarjimasi. So‘zlar birikishida taxminiy mazmunni aniqlash. Sinxron tarjimada leksik birliklarni to‘g‘ri ishlatish, sintaktik bog‘lanish, kategoriyali semantik komponentlar, matnning asosiy mazmunini ifoda etuvchi so‘zlar va iboralar.
6-mavzu. Sinxron tarjimadagi kommunikativ vaziyat. Sinxron tarjimadagi kommunikativ vaziyat, sinxron tarjimonni anjumanga tayyorlash, anjuman mavzusi va muammolari bilan tanishish. Sinxron tarjima metodlari, bir zumda tarjima qilish uslublari, eshitish va xotirada saqlash, tarjima qilinayotgan tildagi so‘z va iboralarga bir zumda ekvivalentlarini topish, o‘rganilayotgan tildagi geografik nomlar, mashhur olimlar, yozuvchilar, tashkilotlarning nomlari, har xil sohaga tegishli terminlar bilan ishlash.

Download 28.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling