Samarqand davlat chet tillari instituti


Download 28.43 Kb.
bet1/9
Sana28.10.2023
Hajmi28.43 Kb.
#1730566
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2.04 Sinxron tarjima t-b




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


SAMARQAND DAVLAT CHET TILLARI INSTITUTI
TASDIQLAYMAN”
______________
I.M.Tuxtasinov
2021-yil “__” ______
SINXRON TARJIMA
FANINING O‘QUV DASTURI
Bilim sohasi: 200 000 – San’at va gumanitar fanlar
Ta’lim sohasi: 230 000 – Tillar
Ta’lim yo’nalishi: 60230100 –Filologiya va tillarni o’qitish (fransuz tili)

Fan/modul kodi
ST2605

O‘quv yili
2023-2024

Semestr
6

ECTS – Kreditlar
5

Fan/modul turi
Tanlov

Ta’lim tili
O‘zbek/rus

Haftadagi dars soatlari
4

1.

Fanning nomi

Auditoriya mashg‘ulotlari (soat)

Mustaqil ta’lim (soat)

Jami yuklama (soat)

Sinxron tarjima

60

90

150

2.



I. Fanning mazmuni
O‘quv fanining maqsadi – Sinxron tarjima o‘quv dasturi 3-4 kurs talabalariga mo‘ljallangan bo‘lib, ona tiliga va undan chet tiliga hamda ommaviy axborot vositalarini og‘zaki sinxron tarjima qilishga asoslangan. Sinxron tarjima o‘quv fanining maqsadi – talabalarning sinxron tarjima ko‘nikmalarini shakllantirish va sinxron tarjima malakalariga ega bo‘lishni taʼminlash hisoblanadi.Ushbu fan sinxron tarjimaning mohiyati va uning xususiyatlari, sinxron tarjima usullari bilan birga xalqaro konferensiyalar, ilmiy-texnik matnlar tarjimasi va uning o‘ziga xos xususiyatlari kabi masalalarni qamrab oladi. Sinxron tarjimada uchraydigan muammolar va ularni bartaraf etish bilan bog‘liq bo‘lgan bilimlar bilan qurollantiradi. Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalarni amaliy bilimlar, ko‘nikmalalar, sinxron tarjima va o‘ziga xos xususiyatlariga uslubiy yondashuv hamda dunyo qarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi
Fanning vazifasi O‘quv fanining vazifalari zamonaviy tarjima metodlarini o‘quv jarayonida tatbiq eta olish, sinxron tarjima qilingan matnlarning asliyati bilan solishtirib tahlil qilish, qilingan tarjima sifatini aniqlash mezonini o‘rganish, zamonaviy va anʼanaviy usullarini farqlay olishdan iborat. Bu fanni o‘rganishda talabalarning quyidagi qobiliyatlarga erishishlari asosiy vazifa qilib qo‘yildi.
II. Asosiy qism (Amaliy mashg‘ulotlar)
II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
Dastur ketma ketlik va oddiydan murakkabga prinsipi asosida sinxron tarjima qilishni, sinxron tarjima ko‘nikmalari va malakalariga ega bo‘lishni talab etadi. Sinxron tarjima fanini o‘rganishda talabalarning quyidagi ko‘nikma va malakalarga erishishlari asosiy vazifa qilib qo‘yilgan: - sinxron tarjima asosida ona tiliga va undan chet tiliga hamda ommaviy axborot matnlari, ularni sinxron tarjima qilish usullarini, ona tilining xususiyatlarini va uslubiy jihatlarini, so‘z tanlashni va tarjimaning turli texnikasidan xabardor bo‘lib, ulardan unumli va to‘g‘ri foydalanishni bilishi; so‘zlovchi nutqining asosiy mazmunini anglash, so‘z va gap maʼnolarini esda saqlab qolish, uning nutqidagi notanish so‘z, ibora va gaplarni kontekst orqali anglab, so‘zlovchi nutqi bilan bir paytda aytilgan fikrlarni sinxron tarjima qilish malakalarini shakllantirishi; - sinxron tarjima qila olish, sinxron tarjima laboratoriyasida (kabinada)ishlash ko‘nikmalarini singdirish; - talabalarda chet tillarda chop etiladigan davriy nashrlarni o‘qish,shuningdek, radio va televideniye materiallari bilan tanishib borish ko‘nikmalarini shakllantirish; - chet tilini adabiy til normasida bilishi, ijtimoiy taʼlim va professional matnlarni tushunishi, monologik va dialogik nutqni to‘liq tushunib, erkin so‘zlay olishi va sinxron tarjima qila olishi; turli janrli matnlardagi gaplarni o‘zaro bog‘liqligini saqlab, voqea va hodisalarni aniqtasvirlashi; - idiomatik so‘z birikmalarini, norma doirasida shevalarda talaffuz etilgan aniq va mavhum mavzulardagi nutqlarni tushunish, uni sinxron tarjima qila olishi; - ekvivalentsiz so‘zlarni bilishi va ularning muqobillarini topa olishi; -tarjima metodlari sirasiga kiradigan mikrorevyu, kompressiya, substitutsiya, transformatsiya hodisalarini bilishi; - tarjima jarayonida ishlatiladigan, notiq nutqining asosiy mazmunini ifodalovchi eslatma yozuvlarni bilishi; - siyosat, moliya, sanʼat, iqtisod, sport, texnologiya, tibbiyot, bojxona,huquqshunoslik va shu kabi sohalarga tegishli matnlarni tarjima qila olish,ulardagi atama va terminlarni chuqur o‘rganishи va ularni to‘g‘ri tarjima qilishi, ona tili va chet tilidagi atamalarni bir-biri bilan taqqoslashni bilishi;
1-mavzu. Sinxron tarjima faniga kirish Tarjima turlari, sinxron tarjimaning hususiyatlari, sinxron tarjima tarixi, sinxron tarjima mashqlari, sinxron tarjima kabinalarida ishlash qoidalari, sinxron tarjimani o‘rganish metodlari, eshitish va xotirada saqlash mashqlari, so‘zlarni tushirib qoldirish va tarjima, tarjimada ekvivalentlik.

Download 28.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling