Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oyogʻimni
Soʻz Ma‟no koʻchish turi Misol Quloq Metafora Qozonning qulogʻini sindirib qoʻydim. Sinekdoxa Eshitgan quloq nima deydi? Vazifadoshlik Devorning ham qulogʻi bor, aylanay. Oyoq Metafora Kitobni boshdan oyoq oʻqib chiqdim. Metonimiya Oyogʻimni yechib, ichkariga kirdim. Sinekdoxa Mahallamizda begona oyoqlar paydo bo‗ldi. Vazifadoshlik Stolning oyogʻi qiyshayib qolibdi. Koʻz Metafora Buloqning koʻzi ochildi. Sinekdoxa Qaro koʻzum, kel-u mardumligʻ emdi fan qilgʻil… Vazifadoshlik Derazaning singan ko„ziga plyonka qoplangan edi. Eshik Sinekdoxa Endi u eshikka sira bormayman. Vazifadoshlik Mashinaning eshigini ochib doʻstini chiqardi. Oʻq Metafora Aravaning oʻqi Vazifadoshlik Miltiqning oʻqi, zambarakning oʻqi Chiroq Metafora Uning gaplari qalbimga chiroq yoqdi. 47 Vazifadoshlik Koʻchamizda turli goʻzal chiroqlar porlamoqda. Biror soʻzning ma‘nosi qaysi usulda koʻchganligi quyidagicha aniqlanadi. Misol: Buloqning koʻzi ochildi. 1) Ma‘nosi koʻchgan soʻz aniqlanadi: koʻz; buloqning koʻzi (koʻrish a‘zosi) boʻlishi mumkin emas; 2) Ma‘nosi koʻchgan soʻzning oʻz va koʻchma ma‘nosi aniqlanadi: a) koʻz soʻzining oʻz ma‘nosi – «tirik organizmning koʻrish a‘zosi»; b) koʻz soʻzining ushbu gapdagi koʻchma ma‘nosi – «buloqning suv chiqadigan qismi». 3) Soʻzning oʻz va koʻchma ma‘nosi oʻrtasida qanday bogʻliqlik borligi aniqlanadi: inson koʻzi – «tirik organizmning koʻrish a‘zosi» bilan buloq koʻzi – «buloqning suv chiqadigan qismi» oʻrtasida qanday aloqadorlik bor? Ular makon- zamonda bir-biriga aloqadormi? Yoʻq. Vazifasi bir xilmi? Yoʻq. Butun-qism munosabatida boʻla oladimi? Yoʻq. Shakliy oʻxshashmi? Ha. Agar soʻzning oʻz va koʻchma ma‘nosi oʻrtasidagi bogʻliqlik oʻxshashlik boʻlsa, demak, bu soʻzda metafora usulida ma‘no koʻchgan hisoblanadi. Soʻzning qaysi usulda ma‘nosi koʻchganligi uning oʻz ma‘nosi va koʻchma ma‘nosi oʻrtasidagi bogʻliqlik nimaga asoslanishiga koʻra aniqlanadi. Agar soʻzning oʻz va koʻchma ma‘nosi oʻrtasidagi bogʻliqlik oʻxshashlik boʻlsa, metafora; makon va zamondagi aloqadorlik boʻlsa, metonimiya; butun-qism munosabati boʻlsa, sinekdoxa; vazifaviy bir xillik boʻlsa vazifadoshlik usulida ma‘no koʻchgan sanaladi. Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling