Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov
telefoni sotib oldim). SINEKDOXA
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
telefoni sotib oldim).
SINEKDOXA Sinekdoxa narsa yoki tushunchalar o‗rtasidagi butun-bo‗lak munosabati asosida birining nomini ikkinchisiga ko‗chirishdir. Masalan, Bu kishi tirnoqqa zor jumlasidagi tirnoq so‗zi sinekdoxa yo‗li bilan «farzand» ma‘nosida qo‗llangan. Sinekdoxada biror predmet aytilib, uning qismi tushuniladi yoki biror qism aytilib butun tushuniladi, ya‘ni butun orqali boʻlak yoki boʻlak orqali butun ifodalanadi. Masalan, Oʻshal oy yuz hech yodimdan chiqmas gapida yuz (qism) aytilib, inson (butun) tushuniladi. Bunda insonning bir qismi boʻlgan yuz orqali butun inson nazarda tutiladi. Yoki Olma archayotib qoʻlimni kesib oldim gapida qoʻl (butun) aytilib, barmoq (qism) tushuniladi. Bunda esa butun qoʻlning oʻzi aytilib, uning bir qismi barmoq nazarda tutiladi. Sinekdoxaga namunalar: 1. Olma archayotib qo„lini kesib oldi. (qoʻl – butun orqali uning bir qismi barmoq nazarda tutilgan) 2. Bizning eshikka ham kirib turing. (eshik – qism orqali butun – uy nazarda tutilgan) 3. G„ildirakni yurgizdim. (gʻildirak – qism orqali butun – arava nazarda tutilgan) 4. Bu yil bogʻimizga uzum ekdik. (uzum – qism orqali butun – tok novdasi nazarda tutilgan) 5. Eshitgan quloq nima deydi? (quloq – qism orqali butun – inson nazarda tutilgan) 6. Mahallamizda begona oyoqlar paydo bo‗ldi. (oyoq – qism orqali butun – inson nazarda tutilgan) 7. Kechgacha tuz totmadi. (tuz – qism orqali butun – ovqat nazarda tutilgan) 8. Yuzlari tandirdan uzilgan nonday qizil, moʻylovli bir odam uloq boshiga keldi. Ana shu moʻylov bakovul boʻldi. (T. Murod) (moʻylov – qism orqali butun – inson nazarda tutilgan) 45 9. Hajringda qaro boshim oqardi. (bosh – butun orqali uning bir qismi soch nazarda tutilgan) 10. Qaro koʻzum, kel-u mardumligʻ emdi fan qilgʻil… (koʻz – qism orqali butun – inson nazarda tutilgan) 11. Guruhimizni birlashtirish uchun bir bosh kerak boʻlib qoldi. (bosh – qism orqali butun – inson nazarda tutilgan) 12. Besh ogʻizni ayol boshim bilan qanday boqaman, aylanay? (ogʻiz – qism orqali butun – inson nazarda tutilgan) 13. Ogʻir kunlarimizda mana shu tuyoq kunimizga yaragan, bolam. (tuyoq – qism orqali butun – sigir nazarda tutilgan) 14. Kel, ey oy yuz, bizni xushnud et, baxtimizni but et. (yuz – qism orqali butun – inson nazarda tutilgan) 15. Sajda aylar zohid ul mehrob aro, Men sajda qilurman egma qoshima. (qosh – qism orqali butun – inson nazarda tutilgan) Bir qarashda sinekdoxa va metonimiya bir-biriga oʻxshab ketadi. Ya‘ni metonimiyada ham sinekdoxadagi kabi butun-boʻlak munosabati bordek tuyuladi. Biroq sinekdoxada butun-boʻlak munosabati tabiiy, ajralmas boʻlsa, metonimiyada bunday xususiyat mavjud emas. Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling