Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


Sinekdoxa va Metonimiyaning farqi


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   310
Sinekdoxa va Metonimiyaning farqi 
Sinekdoxa 
Metonimiya 
1) Majlisga moʻylov ham kelgan edi. 
2) Birovning chaqirilmagan eshigiga 
borma. 
1) Majlisga koʻzoynak ham kelgan edi. 
2) Birovning chaqirilmagan dasturxoniga 
borma. 
1-gapda moʻylov soʻzi orqali biror inson 
nazarda tutilgan. Moʻylov insonning bir 
qismi boʻla oladi, demak bu gapda qism 
orqali butun ifodalangan. 
2-gapda eshik orqali uy nazarda tutilgan. 
Eshik tabiiy ravishda uyning bir qismi 
boʻla oladi, demak bu gapda qism orqali 
butun ifodalangan. 
1-gapda koʻzoynak soʻzi orqali inson 
nazarda tutilgan. Koʻzoynak insonning 
bir qismi boʻla olmaydi. Chunki faqat 
tana a‘zolarigina inson qismi boʻlishi 
mumkin. Demak, bu gapda koʻzoynak 
soʻzi orqali uni koʻp taqqanligi uchun bu 
soʻzga bevosita aloqadorlik kasb etgan 
inson ifodalangan. 
2-gapda dasturxon orqali uy nazarda 
tutilgan. Dasturxon uyning bir qismi 
boʻla olmaydi. Chunki eshik, deraza, tom 
kabilargina uy qismi boʻla olishi 
mumkin. 
Demak, 
bu 
gapda 
ham 
dasturxon soʻzi orqali unga aloqador 
boʻlgan 
(uyga 
mehmon 
kelganda 
dasturxon yozilishi nazarda tutilmoqda) 
uy ifodalangan. 


46 
Umuman olganda, biror soʻzning ma‘nosi sinekdoxa yoki metonimiya usulida 
koʻchganligini aniqlash uchun gapda aytilgan predmet va u orqali tushunilgan 
predmet «borliqda tabiiy ravishda butun-qism boʻla oladimi?» degan savolni qoʻyish 
kerak. Boʻla olsa, sinekdoxa; boʻla olmasa, metonimiya hisoblanadi. 
VAZIFADOSHLIK 
Narsa-predmetlar oʻrtasidagi vazifaviy birxillik asosida birining nomi orqali 
ikkinchisining ifodalanishi vazifadoshlik asosida ma‘no koʻchishi deyiladi. Masalan, 
odam oyogʻi – stol oyogʻi. Odamning oyogʻi uning tanasini koʻtarish va tayanch 
vazifasini bajaradi, stol oyogʻi ham uning asosini koʻtarish va tayanch vazifasini 
bajaradi. Ana shunday vazifaviy bir xillik asosida odamning tanasini koʻtarib 
turuvchi a‘zosi nomi stol tanasini koʻtarib turuvchi qismni ham ifodalash uchun 
koʻchirilmoqda. 
Vazifadoshlikka namunalar: 
1. Samolyotning qanoti pishiq metalldan ishlangan. (qush qanoti va samolyot 
qanotining uchish vazifasi bir xilligi asosida) 
2. Ko‗chamizda chiroqlar porlamoqda. (kerosinga pilik tekkizish orqali 
yoritadigan chiroq va hozirgi elekt chiroqlarning yoritish vazifasi bir xilligi asosida) 
3. Derazaning singan ko„ziga plyonka qoplangan edi. (inson koʻzi va deraza 
koʻzining yorugʻlik oʻtkazish vazifasining bir xilligi asosida) 
4. Mashinaning eshigini ochib do‗stini tushirdi. (uy eshigi va mashina 
eshigining kirish-chiqish vazifasining bir xilligi asosida 
5. Devorning ham qulog„i bor. (odam qulogʻi va devor qulogʻining tovush 
oʻtkazish vazifasining bir xilligi asosida) 
Bir soʻzda turli usulda ma‘no koʻchishi kuzatilishi mumkin:

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling