Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   310
Qiyoslang:
1) Hech boʻlmagandan koʻra kech boʻlgani yaxshi. 2) Bir qoshiq qonidan kech 
bu bechoraning. 
Ushbu gaplardagi kech soʻzlarining ma‘nosiga e‘tibor qilamiz. Birinchi gapda 
bu soʻz kech vaqt, muddatidan oʻtgan vaqt ma‘nosida qoʻllangan boʻlsa, ikkinchi 
gapda voz kechmoq ma‘nosida qoʻllangan. Bu ma‘nolar bir-biriga umuman bogʻliq 
boʻlmaganligi uchun yuqoridagi ikki gapda oʻzaro shakldosh soʻzlar qoʻllangan deb 
qaraymiz. 
1) Bolaning koʻzi yigʻidan qizargan edi. 2) Buloqning koʻzi ochildi. 
Ushbu gaplardagi ikkala koʻz soʻzida shakliy oʻxshashlik bor, ya‘ni ular oʻzaro 
aloqador, bogʻliq boʻlganligi uchun koʻp ma‘noli soʻzlar hisoblanadi. 1-gapdagi soʻz 
oʻz ma‘nosida, ikkinchi gapdagi soʻz shakliy oʻxshashlik asosida ma‘no koʻchishiga 
uchragan, koʻchma ma‘noda. 
Shakldoshlik hodisasi bir turkum doirasida ham, turli turkumlar doirasida ham 
uchrashi mumkin. Masalan:
 
Chop I – yugurmoq, fe‘l;
Chop II – yer chopmoq, fe‘l. 
Ushbu soʻzlar bir turkum (fe‘l turkumi) doirasida oʻzaro shakldosh hisoblanadi.
Kir I – tashqaridan ichkariga oʻtmoq, fe‘l;
Kir II – iflos, sifat 
Ushbu soʻzlar turli turkumlar (fe‘l va sifat) doirasida oʻzaro shakldosh 
hisoblanadi. 
Ayrim soʻzlar esa ham bir turkum doirasida, ham turli turkum doirasida 
shakldosh hisoblanadi. Quyidagi shakldoshlik qatoriga e‘tibor beramiz: 
Yoz I – bitmoq, xat yozmoq, fe‘l; 


49 
Yoz II – yoymoq, dasturxon yozmoq, fe‘l; 
Yoz III – fasl, ot. 
Ushbu shakldosh soʻzlardan I va II shakldosh soʻzlar bir turkum (fe‘l turkumi) 
doirasida oʻzaro shakldosh boʻlsa, ularga nisbatan III shakldosh soʻz turli turkumlar 
doirasida (fe‘l va ot) shakldosh hisoblanadi.
MA‟NODOSH SOʻZLAR (SINONIMLAR) 
 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling