Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
3) Uslubiy xoslanishi.
Ma‘nodosh soʻzlar qaysi nutq uslubida koʻproq qoʻllanilishi jihatidan ham oʻzaro farqlanadi. Masalan, gapirmoq, bayon qilmoq, nutq irod etmoq, vaysamoq, mingʻirlamoq, toʻngʻillamoq soʻzlari bir umumiy ma‘noni – soʻzlamoq ma‘nosini bildiradi. Lekin ulardan gapirmoq uslubiy betaraf boʻlsa, ya‘ni barcha uslublarda birdek qoʻllansa, bayon qilmoq, nutq irod etmoq soʻzlari kitobiy uslublarga (badiiy, rasmiy, ilmiy uslublarga) xoslangan, vaysamoq, mingʻirlamoq, toʻngʻillamoq soʻzlari esa soʻzlashuv uslubida qoʻllaniladi. 50 Ma‘nodosh soʻzlarning bir qatorga tizilib kelishiga ma‘nodoshlik qatori deyiladi. Boshqalariga nisbatan nutqda keng qoʻllaniladigan va ma‘nosi barchaga tushunarli boʻlgan soʻz bosh soʻz deb yuritiladi. Masalan, kulmoq, jilmaymoq, iljaymoq, tirjaymoq, qah-qah urmoq, xanda otmoq, hiringlamoq ma‘nodoshlik qatoridagi kulmoq soʻzi boshqalariga nisbatan nutqda koʻproq qoʻllaniladi va uning ma‘nosi barchaga tushunarli boʻladi. Shunga koʻra, bu soʻz bosh soʻz sanaladi. Ma‘nodosh soʻzlarda, yuqorida ta‘kidlaganimizdek, ijobiy va salbiy ma‘nolar boʻlishi mumkin. Kulmoq, jilmaymoq, qah-qah urmoq, xanda otmoq soʻzlarida ijobiy ma‘no kuzatilsa, hiringlamoq, iljaymoq, tirjaymoq soʻzlarida salbiy ma‘no mavjud. Ammo bosh soʻzda bunday ma‘nolar boʻlmaydi. Ma‘nodoshlik hodisasi faqat bir turkum doirasida uchraydi. Ya‘ni sifat bilan sifat, ot bilan ot ma‘nodosh boʻla oladi. Shuning uchun ma‘nodosh soʻzlarni belgilashda, avvalo, ularning turkumi bir xil ekanligiga e‘tibor qaratish lozim. Masalan, chiroyli, suluv, koʻrkam soʻzlari oʻzaro ma‘nodosh hisoblanadi. Chunki ularning barchasi bir xil ma‘noni – goʻzal ma‘nosini bildirsa, ikkinchi tomondan turkumi ham bir xildir: uchalasi ham sifat turkumiga mansub. Ammo husn bilan koʻrkam, chiroy bilan suluv soʻzlari oʻzaro ma‘nodosh boʻla olmaydi. Garchi bir qarashda ularning ma‘nosi bir-biriga yaqin boʻlsa-da, turkumi boshqa-boshqa: husn ot turkumiga, koʻrkam sifat turkumiga mansub. Shu kabi chiroy ham ot, suluv esa sifat turkumiga mansubdir. Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling