Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


) Tilimizda mavjud boʻlgan soʻzning oʻrniga tilimizda mavjud boʻlgan


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   310
1) Tilimizda mavjud boʻlgan soʻzning oʻrniga tilimizda mavjud boʻlgan 
boshqa soʻz qoʻllansa, paronimlar bilan bogʻliq xato hisoblanadi. 
U kasalligiga da‟vo izlab, chet ellarga bordi. 
Ushbu gapda da‟vo emas, davo soʻzi qoʻllanilishi kerak edi. Chunki davo – 
shifo, da‟vo esa talab, shikoyat ma‘nosini bildiradi. Demak, yuqoridagi gapda 
tilimizda mavjud boʻlgan davo soʻzining oʻrniga tilimizda mavjud boʻlgan boshqa bir 
soʻz – da‟vo yanglish qoʻllangan. Shuning uchun bu paronimlar bilan bogʻliq xato 
hisoblanadi. 
2) Tilimizda mavjud boʻlgan soʻzning oʻrniga tilimizda mavjud boʻlmagan 
(yoʻq boʻlgan) soʻz qoʻllansa, imloviy xato hisoblanadi. 
Hon saroyida barcha mulozimlar yigʻilgan edi. 


52 
Ushbu gapda tilimizda mavjud boʻlgan xon soʻzining oʻrniga tilimizda 
umuman mavjud boʻlmagan hon soʻzi qoʻllangan. Demak, yuqoridagi gapda imloviy 
xatolik roʻy bergan.
Umuman, paronimlar bilan bogʻliq xato BOR soʻzni boshqa bir BOR soʻzga 
almashtirish boʻlsa, imloviy xato BOR soʻzni YOʻQ soʻzga almashtirishdir. Shuning 
uchun testlarda paronimlar bilan bogʻliq xato soʻralganda imloviy xato inobatga 
olinmaydi va, aksincha, imloviy xato soʻralganda paronimlar bilan bogʻliq xato 
inobatga olinmaydi. 
 
UYADOSH SOʻZLAR 
 
5-misol.
1) Meva guruhiga kiruvchi soʻzlar: olma, anor, shaftoli, nok, gilos… 
2) Uy-roʻzgʻor buyumlari guruhiga kiruvchi soʻzlar: choynak, piyola, kosa, 
qozon, likopcha… 
 
Bir mazmuniy uyaga (guruhga) mansub boʻlgan soʻzlar uyadosh soʻzlar 
deyiladi. 
Tilimizdagi barcha soʻzlar ongimizda ma‘lum mazmuniy uyalarga birlashgan 
holda saqlanadi. Bu esa soʻzlarning xotirada oson saqlanishi va nutqiy jarayonda 
ulardan qiynalmasdan foydalanish imkonini beradi. 
Uyadosh soʻzlarni ma‘nodosh soʻzlardan farqlash lozim. Ma‘nodosh 
soʻzlarning barchasi bir xil umumiy ma‘noni bildiradi. Masalan, yuz, bet, aft, 
bashara, turq, chehra, jamol kabi soʻzlarning barchasi inson boshining old qismi 
degan bir xil umumiy ma‘noni ifodalaydi. Uyadosh soʻzlar esa bir xil ma‘noni 
(tushunchani) bildirmaydi, ularning har biri boshqa-boshqa ma‘nolarni ifodalaydi, 
ammo oʻsha ma‘nolar bir-biri bilan bogʻliq, aloqador boʻladi. Masalan, it, mushuk, ot, 
sigir, qoʻy soʻzlari uy hayvonlari uyasiga birlashadi va uyadosh soʻzlar hisoblanadi. 
Biroq ularning har biri boshqa-boshqa hayvonni (demak, alohida-alohida ma‘noni) 
bildiradi, shunga qaramay ular oʻzaro aloqador, ma‘lum umumiyliklarga ega, ya‘ni 
hammasi uy hayvoni hisoblanadi, ana shu jihatdan oʻzaro bogʻliq boʻladi. 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling