Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov
ZID MA‟NOLI SOʻZLAR (ANTONIMLAR)
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
ZID MA‟NOLI SOʻZLAR (ANTONIMLAR)
3-misol. Oq kun – baxt-u saodat, Qora kun – gʻam, musibat. Yaxshi soʻz – jon ozigʻi, yomon soʻz – bosh qozigʻi. Qarama-qarshi ma‘noli soʻzlarga zid ma‘noli soʻzlar deyiladi. Zid ma‘noli soʻzlar doimo ikki qarama-qarshi a‘zodan iborat boʻladi. Birini aytsak, ikkinchisi xayolimizga keladi. Masalan: achchiq deyishimiz bilan shirin esimizga tushadi. Zid ma‘noli soʻzlar birgalikda qoʻllanib, yangi soʻz hosil qilishi mumkin. Masalan: yosh-u qari – bari, achchiq-chuchuk – ovqat turi, uzoq-yaqindan – hamma yoqdan kabi. Zid ma‘nolilik hodisasi ham faqat bir turkum doirasida uchraydi. Shuning uchun zid ma‘noli soʻzlarni belgilashda, avvalo, ularning turkumi bir xil ekanligiga e‘tibor qaratish lozim. Masalan, baland va past soʻzlari oʻzaro zid ma‘noli soʻzlar hisoblanadi. Chunki ularning ham ma‘nosi zid, ham turkumi bir xil: ikkalasi ham sifat turkumiga mansub. Ammo balandlik va past soʻzlari zid ma‘noli boʻla olmaydi. Negaki ularning turkumi boshqa-boshqa: balandlik – ot, past – sifat. 51 PARONIM (TALAFFUZDOSH) SOʻZLAR 4-misol. 1. Mirzakarimboyni Toshkentning toʻrt dahasi biladi. 2. Oʻzbek xalqi ichidan oʻnlab daholar yetishib chiqqan. 3. Ot abzalin shayladi, oʻq-anjomin boyladi. 4. Sizning har bir soʻzingiz biz uchun tilladan afzal. Talaffuzi va yozilishi bir-biriga juda yaqin, lekin ma‘nolari bir-biridan butunlay farq qiladigan soʻzlar paronimlar deyiladi. Misollar: Siqim – ot / hovuch. Sig‗im – ot / hajm, miqdor: Sigʻimi katta idish. Raso – sifat / aqli raso – dono: Aqli raso yigit Rosa – ravish / juda, nihoyatda. Qala – fe‘l / biror narsani (oʻtinni) ustma-ust qoʻymoq, taxlamoq. Qal‘a – ot / qoʻrgʻon, shahar. Lahm – ot / suyaksiz goʻsht. Lahim – ot / yerosti yoʻli. Talaffuzi yaqin boʻlgani uchun bunday soʻzlarni ogʻzaki va yozma nutqda bir- biri bilan almashtirib qoʻyish ehtimoli bor: Konstitutsiya 6 boʻlim. 26 bop, 128 moddadan iborat. Ushbu gapda aslida bob soʻzi qoʻllanilishi kerak edi, lekin uning paronimi bop notoʻgʻri qoʻllangan. Paronimlarni notoʻgʻri qoʻllash bilan bogʻliq xatolar ba‘zan uslubiy xato yoki soʻz qoʻllash bilan bogʻliq xato deb ham yuritiladi. Paronimlar yozma nutqda koʻpincha bir tovush yoki tutuq belgisi bilan farqlanadi: bob – bop, she‘r – sher kabi. Ammo har qanday bir tovush bilan farqlanuvchi soʻzlar oʻzaro paronim boʻlavermaydi. Masalan, qor va tor, ter va ber, don va jon soʻzlari bittadan tovushi bilan farqlansa-da, paronim emas. Chunki ularning talaffuzi bir-biriga umuman yaqin emas. Demak, ikkita soʻz paronim boʻlishi uchun, avvalo, talaffuzi yaqin, oʻxshash boʻlishi lozim. Paronimlar bilan bogʻliq xatoni (uslubiy, soʻz qoʻllash bilan bogʻliq xatoni) imloviy xatodan farqlash lozim. Ular quyidagicha farqlanadi: Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling