Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov
SOʻZLARNING SHAKL VA MA‟NO MUNOSABATIGA
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
SOʻZLARNING SHAKL VA MA‟NO MUNOSABATIGA KOʻRA TURLARI Soʻzlar shakl va ma‘no munosabatiga koʻra sinonim, omonim, antonim va paronim soʻzlarga boʻlinadi. SHAKLDOSH SOʻZLAR (OMONIMLAR) 1-misol. 1) Chang-toʻzon mashina oynasiga urilib, yoʻlni koʻrsatmay qoʻyar edi. 2) Bastakor changda qandaydir kuy chalar edi. Ushbu gaplarda ajratib koʻrsatilgan soʻzlar garchi bir xil aytilsa va yozilsa ham, boshqa-boshqa ma‘nolarni ifodalaydi. Ya‘ni birinchi gapdagi chang soʻzi gard-gʻubor ma‘nosini, ikkinchi gapdagi chang soʻzi esa cholgʻu asbobi ma‘nosini bildiradi. Ana shunday shakli (aytilishi va yozilishi) aynan bir xil, ma‘nosi esa har xil boʻlgan soʻzlar shakldosh soʻzlar hisoblanadi. Aytilishi va yozilishi bir xil boʻlib, turli atash ma‘nolarini bildirgan soʻzlar omonim soʻzlar deyiladi. Ular shakldosh soʻzlar deb ham yuritiladi. Masalan: un (tovush), un (mahsulot), un (fe‟l). Shakldosh soʻzlar bir qarashda koʻp ma‘noli soʻzlarga oʻxshab ketadi, ammo ularni bir-biridan farqlash kerak. Koʻp ma‘noli soʻzlar bir soʻzni oʻz va koʻchma ma‘nolarida qoʻllashdan hosil boʻladi: burun (yuz qismi) – burun (choynakning 48 burni). Omonimlar (shakldosh soʻzlar)da esa turlicha ma‘nolar nazarda tutiladi: burun (yuz qismi) – burun (avval) Shakldosh va koʻp ma‘noli soʻzlarning asosiy farqi shundaki, shakldosh soʻzlar aytilishi va yozilishi bir xil boʻlishiga qaramay, ma‘nosi turlicha boʻlganligi uchun alohida-alohida soʻzlar deb qaraladi. Masalan: Ot I – ism, Ot II – hayvon, Ot III – uloqtir soʻzlari boshqa-boshqa uchta soʻzdir. Ularning alohida-alohida soʻz ekanligiga asos esa har biri boshqa-boshqa ma‘nolarni ifodalashidir. Chunki har bir alohida soʻzning oʻz ayrim ma‘nosi boʻladi. Ya‘ni shakldosh soʻzlarning ma‘nolari oʻrtasida hech qanday bogʻliqlik, bir-biriga aloqadorlik boʻlmaydi. Koʻp ma‘noli soʻzlar esa bitta soʻzning bir nechta ma‘nolarda (oʻz va koʻchma ma‘nolarda) qoʻllanilishidir. Bunda soʻz bitta, ma‘nolar esa bir nechta boʻladi, ammo bu ma‘nolar bir-biri bilan uzviy bogʻliq, aloqador boʻladi. Masalan, insonning boshi – koʻchaning boshi. Bu ikki birikma tarkibidagi bosh soʻzlari bitta soʻz boʻlib, ikki xil ma‘noda, ya‘ni birinchisida insonning asosiy, boshlangʻich tana a‟zosi, ikkinchisida esa koʻchaning boshlangʻich joyi ma‘nosida qoʻllangan. Bu ma‘nolar esa bir-biri bilan uzviy bogʻliq. Koʻp ma‘noli soʻzlarning ma‘nolari bir-biriga bogʻliq, umumiy boʻladi. Shakldosh soʻzlarning ma‘nolari esa bir-biriga bogʻliq, aloqador boʻlmaydi, ya‘ni shakldosh soʻzlar butunlay boshqa-boshqa ma‘nolarni bildiradi. Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling