Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
ADABIYOTLAR:
Asosiy adabiyotlar: 1. Jamolxonov N. Hozirgi o‗zbek tili. 1-qism. –T.: O‗qituvchi, 2005. 2. Sayfullayeva R. va boshqalar. Hozirgi o‗zbek adabiy tili. –T.: Fan va texnologiya, 2010. Qo‘shimcha adabiyotlar: 3. Rahimov S., B.Umurqulov. Hozirgi o‗zbek tili. –T.: O‗qituvchi, 2003. 4. Jamolxonov H. Hozirgi o‗zbek adabiy tili I-II qism. –T., 2004. 5. Qilichev E. Hozirgi o‗zbek adabiy tili. –Buxoro, 1999. 6. Qudratov T., Nafasov T. Lingvistik tahlil. –T.: O‗qituvchi, 1981. 7. Qo‗chqortoev I. So‗z ma‘nosi va uning valentligi. –T.: Fan, 1977. 8. Mirtojiev M.M. O‗zbek tili semasiologiyasi. –T.: Mumtoz so‗z, 2010. 9. Ne‘matov H., Bozorov O. Til va nutq. –T.: O‗qituvchi, 1993. Ne‘matov H., Rasulov R. O‗zbek tili sistem leksikologiyasi asoslari. –T.: O‗qituvchi, 1995. 63 III FASL. MORFOLOGIYA So‗zlarning borliqdagi ma‘lum narsa, belgi-xususiyat, harakat-holatlarni bildirishi ularning atash ma‘nolari yoki lug‗aviy ma‘nolari deyilishidan, tilshunoslikning atash ma‘nolarni o‗rganuvchi bo‗limi esa leksikologiya hisoblanishidan xabardorsiz. So‗zlar atash ma‘nosi bilan birga ma‘lum grammatik ma‘no va uni ifodalovchi shaklga ham ega bo‗ladi. Masalan, olmalarni so‗zi «mevali daraxt» va «olma daraxti mevasi» ma‘nolari bilan birga «ko‗plik», «kelishik» ma‘nolari va bu ma‘nolarni ifodalovchi ko‗plik shakli (-lar) hamda kelishik shakli (-ni) ga ham ega. «Mevali daraxt» va «olma daraxti mevasi» ma‘nolari bu so‗zning atash ma‘nosi, qolgan ma‘nolar esa grammatik ma‘nolari sanaladi. Har qanday grammatik ma‘no ma‘lum grammatik shakl orqali ifodalanadi. Grammatik ma‘nolarni ifodalovchi vositalar grammatik shakl hisoblanadi. So‗zlarning grammatik ma‘nolari va ularni ifodalovchi grammatik shakllarni o‗rganuvchi tilshunoslik bo‗limi morfologiya sanaladi. Morfologiya yunoncha morphe – «shakl», logos – «so‗z», «ta‘limot» so‗zlaridan olingan bo‗lib, so‗z shakllari haqidagi ta‘limot demakdir. Ko‗rinadiki, leksikologiya bilan morfologiya o‗rtasida uzviy aloqa mavjud. Har ikkisida so‗z o‗rganiladi. Ular so‗zning qaysi tomonini o‗rganish bilan farqlanadi. Leksikologiya so‗zning atash ma‘nosini, morfologiya esa uning grammatik ma‘nosini va bu ma‘nolarni ifodalovchi vositalarni o‗rganadi. Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling