65
qarsakni hosil qiladi.
Bilak
Boʻlinmaydi.
Bilak soʻzi
bil (bilmoq)
soʻzi bilan bogʻliq emas.
Tepki
Tep + ki
Tepki soʻzi tep (tepmoq)
soʻzi bilan bogʻliq. Tepish
holati (zarbi)
tepki
hisoblanadi.
Eski
Boʻlinmaydi.
Eski (oldingi, qadimiy)
soʻzi
es (xotira) soʻzi bilan
bogʻliq emas.
2) Har bir ma‟noli qism oʻzidan oldingi qismga qoʻshilib qoʻllana olishi
lozim.
Gulchilik soʻzi
gul-chi-lik tarzida uchta morfemaga ajraladi.
Bunda uchinchi
morfema hisoblangan
-lik oʻzidan
oldingi qism gulchiga qoʻshilib qoʻllana oladi,
ya‘ni
tilimizda gulchilik degan soʻz mavjud.
Shuning uchun -lik alohida morfema
boʻla oladi. Ikkinchi morfema
-chi ham oʻzidan oldingi qism
gulga qoʻshilib qoʻllana
oladi, tilimizda
gulchi degan soʻz mavjud. Shu sababdan
-chi ham alohida morfema
hisoblanadi.
Dehqonchilik soʻzi esa
dehqon-chi-lik tarzida uchta morfemaga emas,
dehqon-chilik tarzida ikkita morfemaga boʻlinadi. Chunki
-chi oʻzidan
oldingi qism
dehqonga qoʻshilib qoʻllana olmaydi, ya‘ni tilimizda
dehqonchi degan soʻz
mavjud
emas.
Dehqon va
dehqonchilik soʻzlari esa mavjud,
shuning uchun -chilik bu soʻz
tarkibida yaxlit bitta qoʻshimcha hisoblanadi.
Soʻzlarni morfemalarga boʻlishda yuqoridagi jihatni ham inobatga olish lozim.
Quyidagi jadvalga e‘tibor bering:
Soʻz
Morfemalarga boʻlinishi
Izoh
Ishchilik
Ish-chi-lik
-lik dan oldingi qism
ishchi degan soʻz tilimizda
mavjud.
Yoʻqchilik
Yoʻq-chilik
-lik dan oldingi qism
yoʻqchi degan soʻz
tilimizda mavjud emas.
Qoʻllandi
Qoʻl-la-n-di
-n dan oldingi qism
qoʻlla
degan soʻz tilimizda
mavjud.
Odatlandi
Odat-lan-di
-n dan oldingi qism
odatla
degan soʻz tilimizda
mavjud emas.
Kuylashdi
Kuy-la-sh-di
-sh dan oldingi qism
kuyla
degan soʻz tilimizda
mavjud.
Salomlashdi
Salom-lash-di
-sh dan oldingi qism
salomla degan soʻz
tilimizda mavjud emas.
66
Morfemalar ikki turga boʻlinadi:
1) asos (yetakchi morfema);
2) qoʻshimcha (koʻmakchi morfema).
ASOS (YETAKCHI MORFEMA)
Soʻzning asosiy ma‘nosini ifodalab, mustaqil qoʻllana
oladigan qismi asos
deyiladi.
2-misol.
1. Ishchilarni → ish-chi-lar-ni
2. Kitobxonlarimizga → kitob-xon-lar-imiz-ga
3. Borishdi → bor-ish-di
4. Tinchlikparvarlik → tin-ch-lik-parvar-lik
Yuqoridagi soʻzlar tarkibida ajratib koʻrsatilgan qismlar asos hisoblanadi. Asos
soʻz tarkibidan barcha qoʻshimchalar chiqarib tashlangandan soʻng qoladigan
qismdir. Masalan,
kitobxonlarimizga soʻzi tarkibida 4 ta qoʻshimcha (koʻmakchi
morfema):
-xon, -lar, -imiz, -ga mavjud boʻlib, ular soʻz
tarkibidan chiqarib
tashlangandan soʻng asos –
kitob soʻzi qoladi.
Soʻzning morfemalari sanalganda ham asos, ham qoʻshimchalar hisoblanadi.
Masalan,
bil-im-don-lar soʻzi 4 ta morfemadan iborat: 1 ta yetakchi morfema (asos),
3 ta koʻmakchi morfema (qoʻshimcha).
Do'stlaringiz bilan baham: