Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   310
Soʻz 
Ma‟nosi 
Soʻz yasalishi 
Yasama soʻz 
Ma‟nosi 
Soat 
«vaqtni 
oʻlchaydigan 
asbob» 
Soat + soz 
Soatsoz 
«soat 
sozlaydigan 
usta (shaxs)» 
Sinf 
«oʻquv 
jarayoni olib 
boriladigan 
xona» 
Sinf + dosh 
Sinfdosh 
«bir sinfda 
oʻqiydigan 
kishi (shaxs)» 
Supur(moq) 
«biror joyni 
tozalash 
harakati» 
Supur + gi 
Supurgi 
«supurish 
vazifasini 
bajaradigan 
buyum» 
Gul 
«oʻsimlik» 
Gul + don 
Guldon 
«gul 
solinadigan 
idish» 
 
Asosga qoʻshilib, uning ma‘nosiga qoʻshimcha ma‘no yuklash yoki oʻzi 
qoʻshilayotgan soʻzni boshqa soʻzga bogʻlash vazifasini bajaruvchi qoʻshimchalarga 
shakl yasovchi qoʻshimchalar deyiladi. 
 
Shakl yasovchi qoʻshimchalar biror soʻzga qoʻshilib uning turli xil shakllarini 
(koʻrinishlarini) hosil qiluvchi qoʻshimchalardir. Shakl yasovchi qoʻshimchalar soʻz 
yasovchi qoʻshimchalardan farqli ravishda yangi ma‘no (tushuncha) hosil qilmaydi, 


68 
balki mavjud ma‘noning ustiga ozgina qoʻshimcha ma‘no yuklaydi yoki oʻzi 
qoʻshilgan soʻzni boshqa bir soʻzga bogʻlaydi. 
 
4-misol. 
qalam / qalamlar / qalamcha / qalamning / qalamni / qalamda / qalamga / 
qalamdan / qalamniki. 
Yuqoridagi soʻzlarda ajratib koʻrsatilgan qoʻshimchalar shakl yasovchi 
qoʻshimchalar boʻlib, ular bitta qalam soʻzining turli shakllarini vujudga keltirgan. 
Shakl yasovchi qoʻshimchalar grammatik qoʻshimchalar deb ham ataladi
chunki ularning barchasi grammatik ma‘no ifodalaydi. 
Shakl yasovchi qoʻshimchalar vazifasiga koʻra ikki turli boʻladi: 
a) lugʻaviy shakl yasovchi qoʻshimchalar; 
b) sintaktik shakl yasovchi qoʻshimchalar. 
 
Asosga qoʻshilib, uning ma‘nosiga qoʻshimcha ma‘no yuklovchi qoʻshimchalar 
lugʻaviy shakl yasovchi qoʻshimchalar deyiladi. Ularga koʻplik, kichraytirish-
erkalash, qarashlilik, oʻrin-joyga xoslik; sonning ma‘noviy guruhlarini, sifat va ravish 
darajalarini; fe‘lning boʻlishsizlik, nisbat, vazifa shakllarini hosil qiluvchi 
qoʻshimchalar kiradi. 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling