Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Lugʻaviy shakl yasovchi qoʻshimchalarga quyidagi qoʻshimchalar kiradi
- Oʻzbek tilidagi lugʻaviy shakl yasovchi qoʻshimchalar Otning lugʻaviy shakl yasovchilari № Qoʻshimcha Misollar Vazifasi
- Sifatning lugʻaviy shakl yasovchilari
- Sonning lugʻaviy shakl yasovchilari
- Fe‟lning lugʻaviy shakl yasovchilari
- Boshqa lugʻaviy shakl yasovchilar
- 1) Ismlarning munosabat shakllari: a) egalik shakllari; b) kelishik shakllari; d) kesimlik shakllari. 2) Fe‟llarning munosabat shakllari
- ISMLARNING MUNOSABAT SHAKLLARI Egalik qoʻshimchalari Shaxs Birlik Koʻplik I
- № Kelishik nomlari Qoʻshimchalari Misollar
- Kesimlik qoʻshimchalari Shaxs Birlik Koʻplik I -man: Men talabaman. -miz: Biz talabamiz. II
- Misollar Vazifasi
- Fe‟llarning mayl shakllari 1 -sa oʻqisa Shart mayli shakli Buyruq-istak mayli shakllari Shaxs Birlik
- Shaxs-son shakllari I tuslanish Shaxs Birlik Koʻplik Qoʻshilish oʻrni I
- 1) soʻz yasovchi + asos.
kichkina oʻquv quroli»
ma‘nosini bildiradi. Kitobcha soʻzi oʻzining asosi kitob soʻzi bilan bir xil – «varaqlardan tashkil topgan, muqovalangan oʻquv quroli» ma‘nosini bildirgani uchun tub soʻz hisoblanadi. Chunki bu yerda yangi ma‘no hosil boʻlmay, oldingi ma‘no «varaqlardan tashkil topgan, muqovalangan oʻquv quroli» «varaqlardan tashkil topgan, muqovalangan oʻquv quroli» + «kichraytirish» «varaqlardan tashkil topgan, muqovalangan kichkina oʻquv quroli» 70 oʻz holicha saqlangan. Kitob ham, kitobcha ham bitta narsani – oʻquv qurolini bildiradi. -cha esa ma‘noni butunlay oʻzgartirmasdan unga qoʻshimcha ma‘no (kichraytirish ma‘nosi) qoʻshgani uchun lugʻaviy shakl yasovchi qoʻshimcha hisoblanadi. № Soʻz Soʻz yasovchi qoʻshimchaning qoʻshilishi Soʻz Izoh 1 Gul Gul + chi gulchi Gul soʻzidagi «oʻsimlik» ma‘nosi gulchi soʻzida butunlay oʻzgargan va yangi «gul ekish yoki sotish bilan shugʻullanuvchi shaxs» ma‘nosi hosil boʻlgan, ya‘ni «oʻsimlik» ma‘nosi oʻrniga boshqa ma‘no «shaxs» ma‘nosi vujudga kelgan. Gulchi soʻzi oʻzining asosi gul soʻzi bilan ikki xil, boshqa- boshqa ma‘nolarni bildirgani uchun yasama soʻz hisoblanadi. -chi esa ma‘noni butunlay oʻzgartirib, yangi ma‘no hosil qilgani uchun soʻz yasovchi qoʻshimcha hisoblanadi. «oʻsimlik» «oʻsimlik» + «shaxs» «gul ekish yoki sotish bilan shugʻullanuvchi shaxs» 2 Kitob Kitob + xon Kitobxon Kitob soʻzidagi «varaqlardan tashkil topgan, muqovalangan oʻquv quroli» ma‘nosi kitobxon soʻzida butunlay oʻzgargan va yangi «kitobni oʻqiydigan shaxs» «varaqlardan tashkil topgan, muqovalangan oʻquv quroli» «varaqlardan tashkil topgan, muqovalangan oʻquv quroli» + «shaxs» «kitobni oʻqiydigan shaxs» 71 ma‘nosi hosil boʻlgan, ya‘ni «oʻquv quroli» ma‘nosi oʻrniga boshqa ma‘no «shaxs» ma‘nosi vujudga kelgan. Kitobxon soʻzi oʻzining asosi kitob soʻzi bilan ikki xil, boshqa-boshqa ma‘nolarni bildirgani uchun yasama soʻz hisoblanadi. -xon esa ma‘noni butunlay oʻzgartirib, yangi ma‘no hosil qilgani uchun soʻz yasovchi qoʻshimcha hisoblanadi Lugʻaviy shakl yasovchi qoʻshimchalarga quyidagi qoʻshimchalar kiradi: 1) otlarning koʻplik shakli; 2) otlarning kichraytirish-erkalash shakllari; 3) sifat darajasini hosil qiluvchi shakllar; 4) sonning ma‘no turlarini hosil qiluvchi shakllar; 5) fe‘lning vazifa shakllari; 6) fe‘lning nisbat shakllari; 7) fe‘lning boʻlishsizlik shakli; 8) qarashlilik shakli; 9) oʻrin-joyga xoslik shakli. Oʻzbek tilidagi lugʻaviy shakl yasovchi qoʻshimchalar Otning lugʻaviy shakl yasovchilari № Qoʻshimcha Misollar Vazifasi 1 -lar gullar, kitoblar Otlarning koʻplik shakli 2 -cha uycha Otlarning kichraytirish-erkalash shakllari 3 -gina onaginam 4 -loq (-aloq) boʻtaloq, qizaloq 5 -choq qoʻzichoq 6 -chak kelinchak 7 -xon otaxon 8 -jon onajon 9 -kay bolakay Sifatning lugʻaviy shakl yasovchilari 10 -ish oqish, koʻkish Sifatning daraja shakllari 11 -(i)mtir qoramtir, koʻkimtir 12 -roq kengroq 72 Sonning lugʻaviy shakl yasovchilari 13 -ta beshta Sonning ma‘no turlarini hosil qiluvchi qoʻshimchalar 14 -tacha oʻntacha 15 -larcha yuzlarcha 16 -lab minglab 17 -tadan toʻrttadan 18 -ov ikkov 19 -ala uchala 20 -ovlon oltovlon 21 -(i)nchi birinchi, ikkinchi Fe‟lning lugʻaviy shakl yasovchilari 22 -(i)n bezanmoq, kiyinmoq Oʻzlik nisbat shakllari 23 -(i)l Gul ochildi. 24 -(i)n Kitoblar toʻplandi. Majhul nisbat shakllari 25 -(i)l Kiyimlar yuvildi. 26 -t to‗qit, ishlat, oʻqit. Orttirma nisbat shakllari 27 -dir chizdir, kuldir 28 -tir oʻstir, ostir, kestir. 29 -ir, -ar, -iz shoshir, qaytar, tomiz. 30 -sat koʻrsat 31 -kaz oʻtkaz 32 -qaz oʻtqaz 33 -gʻiz turgʻiz 34 -giz yurgiz 35 -kiz ketkiz 36 -qiz oʻtqiz 37 -it kirit 38 -(i)sh oʻqishdi, yozishdi Harakat nomi shakllari 39 -(i)sh oʻqish, kelish 40 -moq yozmoq 41 -mak aytmak 42 -(u)v oʻquv, suzuv 43 -maslik yozmaslik 44 -gan (-kan, - qan) oʻtgan, tikkan, chiqqan Sifatdosh shakllari 45 -(a)yotgan oʻqigan, borayotgan 46 -ydigan, - adigan oʻqiydigan, boradigan 47 -(a)r sayrar, kelar 48 -mas qaytmas 49 -a / -y ayta-ayta, oʻqiy-oʻqiy Ravishdosh shakllari 50 -gancha (- kancha, - yigʻlagancha, tikkancha, chiqqancha 73 qancha) 51 -guncha (- kuncha, - quncha) aytguncha, tikkuncha, chiqquncha 52 -gach (-kach, - qach) aytgach, tikkach, chiqqach 53 -gani (-kani, - qani) aytgani, tikkani, chiqqani 54 -masdan oʻqimasdan 55 -mayin oʻqimayin 56 -may oʻqimay Boshqa lugʻaviy shakl yasovchilar 57 -niki bizniki, akamniki Qarashlilik shakli 58 -dagi uydagi, bogʻdagi Oʻrin-joyga xoslik shakli Oʻzi qoʻshilayotgan soʻzni boshqasiga bogʻlash vazifasini bajaruvchi qoʻshimchalar sintaktik shakl yasovchi qoʻshimchalar yoki munosabat shakllari deyiladi. Ularga egalik, kelishik, kesimlik; shaxs-son, zamon, mayl qoʻshimchalari kiradi. Sintaktik shakl yasovchi qoʻshimchalar oʻzi qoʻshilgan soʻzni boshqa soʻzga bogʻlash vazifasini bajaruvchi shakllar hisoblanadi. Masalan, uyga bormoq birikmasida uy soʻziga qoʻshilgan -ga qoʻshimchasi uni bormoq soʻziga bogʻlash vazifasini bajargan (uy bormoq deb qoʻllab boʻlmaydi) yoki Men keldim gapida keldim soʻzi tarkibidagi -m shakli keldim soʻzini men soʻziga bogʻlashga xizmat qilgan, agar ushbu qoʻshimcha boʻlmasa, ikki soʻz bogʻlanmaydi va gap yuzaga kelmaydi (Men keldi deb qoʻllab boʻlmaydi). Sintaktik shakl yasovchi qoʻshimchalar (munosabat shakllari) ikki guruhga boʻlinadi: 1) Ismlarning munosabat shakllari: a) egalik shakllari; b) kelishik shakllari; d) kesimlik shakllari. 2) Fe‟llarning munosabat shakllari: a) shaxs-son shakllari; b) zamon shakllari; d) mayl shakllari. ISMLARNING MUNOSABAT SHAKLLARI Egalik qoʻshimchalari Shaxs Birlik Koʻplik I -(i)m: ukam, kitobim -(i)miz: ukamiz, kitobimiz II -(i)ng: ukang, kitobing -(i)ngiz: ukangiz, kitobingiz III -i, -si: ukasi, kitobi -(lar)i: ukalari, onalari 74 № Kelishik nomlari Qoʻshimchalari Misollar 1 Bosh kelishik – It hurar, karvon o‗tar. (Maqol) 2 Qaratqich kelishigi -ning Kitobning varag‗i. 3 Tushum kelishigi -ni Vatanni sev, tuprog‗ini o‗p. (Oybek) 4 Joʻnalish kelishigi -ga (-ka, -qa) Betga aytganning zahri yo‗q. (Maqol) 5 Oʻrin-payt kelishigi -da Yosh ko‗nglimda orzularim mo‗l. (E. Vohidov) 6 Chiqish kelishigi -dan Kutubxonadan keldim. Kesimlik qoʻshimchalari Shaxs Birlik Koʻplik I -man: Men talabaman. -miz: Biz talabamiz. II -san: Sen talabasan. -siz: Siz talabasiz. III -dir: U talabadir. -dir(lar): Ular talabadirlar. FE‟LLARNING MUNOSABAT SHAKLLARI Fe‟llarning zamon shakllari № Qoʻshimcha Misollar Vazifasi 1 -di keldi Oʻtgan zamon shakllari 2 -(i)b kelibdi 3 -gan (-kan, - qan) U uyga kelgan. 4 -yap(ti) kelyapti Hozirgi zamon shakllari 5 -moqda kelmoqda 6 -(a)yotir kelayotir 7 -(a)yotib kelayotibdi 8 -a / -y keladi, oʻqiydi Kelasi zamon shakllari 9 -(a)r U uyga kelar. 10 -moqchi kelmoqchi 11 -(a)jak borajak 12 -ur borur 13 -gusi borgusi 14 -gay borgay Fe‟llarning mayl shakllari 1 -sa oʻqisa Shart mayli shakli Buyruq-istak mayli shakllari Shaxs Birlik Misollar Koʻplik Misollar I -(a)y, - (a)yin boray, oʻqiy, borayin, oʻqiyin -(a)ylik boraylik, oʻqiylik II …, -gin oʻqi, oʻqigin -(i)ng, - (i)ngiz boring, oʻqing / boringiz, oʻqingiz 75 Shaxs-son shakllari I tuslanish Shaxs Birlik Koʻplik Qoʻshilish oʻrni I -m: keldim / kelsam -k: keldik / kelsak Oʻtgan zamonning -di va shart maylining -sa shakllaridan soʻng II -ng: kelding / kelsang -ngiz: keldingiz / kelsangiz III … : keldi / kelsa … (lar): keldilar / kelsalar II tuslanish I -man: kelibman -miz: kelibmiz Oʻtgan zamonning -ib, -gan; Hozirgi zamonning -yap, - moqda, -(a)yotir, -(a)yotib; Kelasi zamonning -a / -y, - (a)r, -moqchi shakllaridan soʻng II -san: kelibsan -siz: kelibsiz III … / -di: kelibdi … (lar) / -di(lar): kelibdilar SOʻZ TARKIBIDA TARTIB Soʻzning ma‘noli qismlari ma‘lum tartibga ega. Ularning joylashuvi quyidagicha boʻladi: asos + soʻz yasovchi + lugʻaviy shakl yasovchi + sintaktik shakl yasovchi. 5-misol. Kitobxonlarning → kitob + xon + lar + ning: kitob – asos, xon – soʻz yasovchi, -lar – lugʻaviy shakl yasovchi, -ning – sintaktik shakl yasovchi. Ishlatdi → ish + la + t + di: ish – asos, -la – soʻz yasovchi, -t – lugʻaviy shakl yasovchi, -di – sintaktik shakl yasovchi. Soʻz ma‘noli qismlarining bunday tartibi oʻzbek tilidagi me‘yoriy, odatdagi morfemik tartib sanaladi. Ba‘zan esa bunday tartib buzilishi mumkin. Quyidagi holatlarda oʻzbek tilida soʻz ma‘noli qismlari (morfemalar)ning me‘yoriy tartibi buziladi va morfemik tarkibi (ma‘noli qismlarining tartibi) noodatiy boʻlgan soʻzlar yuzaga keladi: 1) soʻz yasovchi + asos. Beibo → be – soʻz yasovchi, ibo – asos. Bunda fors-tojik tilidan kirgan old qoʻshimchalar asosdan oldin keladi. Batartib, notoʻgʻri, sersuv, boobroʻ kabi soʻzlarda ham shunday holat kuzatiladi. Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling