Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Soʻzning yasalish tuzilishi Yasashga asos Yasovchi vosita Yasama soʻz
sodda yasama soʻzlar deyiladi.
Sher soʻziga yurak soʻzi qoʻshilib, sheryurak degan yangi soʻz yasaladi. Ikki va undan ortiq soʻzlarning bir-biriga qoʻshilishi natijasida yangi soʻz hosil boʻlishi kompozitsiya usulida soʻz yasalishi hisoblanadi. Yasama soʻzlar deyilganda har ikkala usul bilan yasalgan soʻzlar birgalikda tushuniladi. Sodda yasama soʻzlar deyilganda esa faqat affiksatsiya usuli vositasida yasalgan yasama soʻzlargina nazarda tutiladi. Tarkibi asos va yasovchi qoʻshimchalarga boʻlinmaydigan soʻzlar tub soʻzlar deyiladi. Masalan: tosh, temirga, quyoshimiz. Asosga soʻz yasovchi qoʻshimchalar qoʻshilishi orqali hosil qilingan yangi asos sodda yasama soʻzlar deyiladi. Masalan: toshloq, temirchi, temirchilik, serquyosh. Soʻz yasovchi qoʻshimchalar yordamida yangi soʻz yasalganda soʻz yasalishi jarayoni doimo ikki qismdan tashkil topadi: 78 1) Yasashga asos; 2) Yasovchi vosita. Yasashga asos va yasovchi vosita qoʻshilib yasama soʻzni hosil qiladi: yasashga asos + yasovchi vosita = yasama soʻz. Quyidagi jadvalga e‘tibor bering: Soʻzning yasalish tuzilishi Yasashga asos Yasovchi vosita Yasama soʻz temir -chi temirchi bugʻdoy -zor bugʻdoyzor oʻt -loq oʻtloq Yasashga asos qism deyilganda biror yasama soʻz qaysi soʻzdan yasalgan boʻlsa, oʻsha qism tushuniladi. Masalan, temirchi soʻzi temir soʻzidan yasalgan, demak, temirchi soʻzining yasashga asos qismi (yasalish asosi) temir soʻzi hisoblanadi yoki siniq soʻzi sin fe‘lidan yasalgan, demak, siniq soʻzining yasashga asos qismi (yasalish asosi) sin fe‘lidir. ESLATMA: Kitobxon soʻzi kitob soʻzidan yasalgan degani kitobxon soʻzining yasalish asosi kitob deganidir yoki, aksincha, kitobxon soʻzining yasalish asosi kitob soʻzi degani Kitobxon soʻzi kitob soʻzidan yasalgan deganidir. Ya‘ni bu ikki jumla bir hodisani anglatadi. Yasovchi vosita deganda esa soʻz yasovchi qoʻshimcha nazarda tutiladi. Yangi soʻz yasalganda yasashga asos qism va yasama soʻz ma‘no jihatidan bogʻliq boʻlishi lozim. Qachonki, yasama deb qaralayotgan soʻz yasalishiga asos boʻlgan soʻz bilan mazmunan aloqador boʻlsagina, yasama soʻz deb hisoblanadi. Masalan, ishchi soʻzi yasama boʻlib, oʻzining yasalishiga asos boʻlgan ish soʻzi bilan ma‘noviy bogʻliqdir. Chunki ish «yumush» ma‘nosini bildirsa, ishchi «yumushni bajaruvchi shaxs» ma‘nosini bildiradi va har ikki soʻzni «yumush» ma‘nosi bogʻlab turadi. Agar bogʻliqlik boʻlmasa, yasama soʻz hisoblanmaydi. Shu jihatdan oʻyin soʻzini oʻy soʻzidan yasalgan deb boʻlmaydi, negaki «oʻyin» va «oʻy-xayol» oʻrtasida hech qanday bogʻliqlik yoʻq. Quyidagi jadvalga e‘tibor bering: Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling