Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   310
MAJHUL NISBAT 
Bajaruvchisi noma‘lum bo‗lgan harakat yoki holatni ifodalovchi fe‘l shakli 
majhul nisbat deyiladi. Majhul nisbat shakli unli bilan tugagan fe‘l asosiga -n, -l
undosh bilan tugagan fe‘l asosiga esa -in, -il qo‗shimchalarini qo‗shish bilan hosil 
qilinadi. 
O‗zlik va majhul nisbat shakllari aynan bir xil, lekin ular harakat yoki 
holatning bajaruvchisi nuqtayi nazaridan farq qiladi. O‗zlik nisbatida harakat-holat 
bajaruvchining o‗zi ustida amalga oshadi, majhul nisbatda esa bajaruvchi noma‘lum 
bo‗ladi. Solishtiring: tarandi – taraldi, kiyindi – kiyildi.


87 
6-misol. 
Rustam kitobni oʻqidi. – Kitob oʻqildi; Sharifa xat yozdi. – Xat yozildi; 
Direktor mukofotlarni topshirdi. – Mukofotlar topshirildi.
Misollardan koʻrinib turibdiki, aniq nisbatdagi fe‘llarda harakat 
bajaruvchisining kimligi aniq boʻladi. Rustam kitobni oʻqidi gapida oʻqish harakatini 
Rustam bajarganligi aniq ifodalangan. Majhul nisbatdagi fe‘llarda esa harakat-holat 
bajaruvchisi noaniq boʻladi: Kitob oʻqildi gapida kim kitobni oʻqiganligi aniq emas, 
ya‘ni bajaruvchi kimligini bilib boʻlmaydi.
Yuqorida ham ta‘kidlanganidek, oʻzlik va majhul nisbat shakllari aynan bir xil, 
ya‘ni oʻzaro shakldosh. Oʻzlik va majhul nisbatdagi fe‘llar quyidagicha farqlanadi: 
№ Oʻzlik nisbat 
Izoh 
Majhul 
nisbat 
Izoh 

Rustam 
yuvindi. 
Harakat bajaruvchisi 
aniq (Rustam) va 
harakatni oʻz ustida 
bajargan, oʻzi yuvingan. 
Kiyim 
yuvildi. 
Yuvish harakatini kim 
bajargani noaniq. 

Rustam 
kiyindi. 
Harakat bajaruvchisi 
aniq (Rustam) va 
harakatni oʻz ustida 
bajargan, oʻzi kiyingan. 
Kiyim 
kiyildi. 
Kiyish harakatini kim 
bajargani noaniq. 

Gul ochildi. 
Gulni birov ochib 
qoʻymaydi, oʻzi 
ochiladi. 
Sandiq 
ochildi. 
Sandiq oʻzi 
ochilmaydi, birov 
tomonidan ochiladi, 
ammo kim ochganligi 
noma‘lum. 

Bolalar 
maydonga 
toʻplandi. 
Bolalarni birov 
toʻplamaydi, oʻzlari 
toʻplanadi. 
Eski kitoblar 
toʻplandi. 
Kitoblarning oʻzi 
toʻplana olmaydi. 
Birov tomonidan 
toʻplanadi, ammo kim 
toʻplaganligi 
noma‘lum. 

Alisher 
tashqariga 
otildi. 
Alisherni kimdir 
tashqariga otmagan, 
oʻzi otilgan. 
Daryoga 
tosh otildi. 
Tosh oʻzi otilmaydi, 
kimdir tomonidan 
otiladi, kim tomonidan 
otilgani esa noma‘lum. 

Deputatlar 
anjumanlar 
zaliga 
yigʻildi. 
Deputatlarni kimdir 
yigʻmagan, oʻzlari 
yigʻilgan. 
Sovgʻa olish 
uchun pul 
yigʻildi. 
Pul oʻzini-oʻzi 
yigʻolmaydi, kimdir 
tomonidan yigʻiladi, 
ammo kim yigʻganligi 
noma‘lum. 
Oʻzlik nisbatdagi fe‘l ishtirok etgan gap tarkibiga oʻzi olmoshini qoʻshish 
mumkin boʻladi: Rustam yuvindi – Rustam oʻzi yuvindi. Majhul nisbatdagi fe‘l 


88 
qatnashgan gap tarkibiga esa tomonidan soʻzini kiritish mumkin: Kiyimlar yuvildi. – 
Kiyimlar Rustam tomonidan yuvildi. 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling