Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- ANIQ NISBAT Bajaruvchisi aniq bo‗lgan harakat yoki holatni bildirgan fe‘l shakli aniq nisbat deyiladi. 4-misol.
- OʻZLIK NISBATI
FE‟L NISBATLARI
Bajaruvchining harakat va holat jarayonida qay darajada ishtirok etishini bildiruvchi fe‘l shakllari nisbat shakllari sanaladi. Masalan, supurdi fe‘lida supurish harakatini bajaruvchi shaxs aniq, supurildi fe‘lida noaniq, supurishdi fe‘lida birdan ortiq, supurtirdi fe‘lida esa harakat boshqa shaxs vositasida bajarilgani ifodalangan. Nisbat shakllari fe‘lning asos qismidan keyin qo‗shiladi. Fe‘l 5 ta nisbat shakliga ega: 1) aniq nisbat; 2) o‗zlik nisbati; 3) orttirma nisbat; 4) majhul nisbat; 5) birgalik nisbati. ANIQ NISBAT Bajaruvchisi aniq bo‗lgan harakat yoki holatni bildirgan fe‘l shakli aniq nisbat deyiladi. 4-misol. Yigit ishladi, oʻquvchi yozdi, qiz hovlini supurdi, bola uygʻondi, it hurdi. Aniq nisbat hech qanday vositalarsiz ifodalanadi va fe‘lning bosh nisbati hisoblanadi, boshqa barcha nisbatlar aniq nisbatdagi fe‘llarga ma‘lum qoʻshimchalarni qoʻshish orqali hosil qilinadi. Aniq nisbatdagi fe‘llarning bajaruvchisi aniq boʻladi va gapning egasi orqali ifodalanadi. Masalan: Shoira kiyimlarini yuvdi gapida yuvish harakati Shoira tomonidan bajarilgan va u gapda ega vazifasida kelgan. OʻZLIK NISBATI Bajaruvchining o‗zi ustida amalga oshadigan harakat yoki holatni ifodalaydigan fe‘l shakli o„zlik nisbati deyiladi. O‗zlik nisbati shakli fe‘l asosiga -(i)n, -(i)l qo‗shimchalarining qo‗shilishi bilan hosil bo‗ladi. Unli bilan tugagan fe‘l asosiga o‗zlik nisbatining -n yoki -l; undosh bilan tugagan fe‘l asosiga esa -in yoki -il qo‗shimchalari qo‗shiladi. 5-misol. tarandi, kiyindi, sezindi, yuvindi, tugʻildi, koʻrindi. 86 Aniq nisbatdagi fe‘llarda ham, oʻzlik nisbatdagi fe‘llarda ham harakatni bajaruvchi shaxs yoki narsa aniq boʻladi. Faqat aniq nisbatdagi fe‘llarda bajaruvchi va obyekt alohida-alohida boʻlsa, oʻzlik nisbatdagi fe‘llarda bajaruvchi va obyekt bitta boʻladi. Masalan: Shoira kiyimlarini yuvdi gapidagi yuvdi fe‘li aniq nisbatda boʻlib, bajaruvchi (Shoira) va obyekt (kiyimlarini) alohida-alohidadir. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, aniq nisbatdagi fe‘llarda bajaruvchi harakat-holatni boshqa narsaning ustida bajaradi, yuqoridagi gapda ham bajaruvchi Shoira yuvish harakatini boshqa narsaning – kiyimning ustida bajargan, ya‘ni kiyimni yuvgan. Oʻzlik nisbatdagi fe‘llarda esa butkul boshqacha holat kuzatiladi. Masalan: Shoira yuvindi gapida bajaruvchi shaxs – Shoira harakatni oʻzining ustida bajargan, ya‘ni boshqa narsani emas, oʻzini yuvgan. Bunda bajaruvchi ham Shoira (chunki Shoira yuvgan), obyekt ham Shoira (chunki yuvish harakati Shoiraning oʻzining ustida bajarilgan, Shoira yuvilgan). Taqqoslang: 1) Sodiq ukasini qiynadi. Qiynadi – aniq nisbatda. Bajaruvchi Sodiq harakat-holatni boshqa shaxsning – ukasining ustida bajargan. Bu gapda bajaruvchining oʻzi emas, boshqa shaxs – ukasi qiynalgan. Sodiq – bajaruvchi, ukasi – obyekt, qiynadi – harakat-holat. 2) Sodiq vijdon azobida qiynaldi. Qiynaldi – oʻzlik nisbatda. Bajaruvchi Sodiq harakat-holatni boshqa shaxsning emas, oʻzining ustida amalga oshirgan, oʻzi qiynalgan. Sodiq – bajaruvchi, Sodiq – obyekt, qiynaldi – harakat-holat. 3) Oʻqituvchi oʻquvchilarni maqtadi. Maqtadi – aniq nisbatda. Bajaruvchi – oʻqituvchi boshqalarni – oʻquvchilarni maqtagan. Oʻqituvchi – bajaruvchi, oʻquvchilarni – obyekt, maqtadi – harakat-holat. 4) Oʻqituvchi maqtandi. Maqtandi – oʻzlik nisbatda. Oʻqituvchi oʻzini maqtagan. Oʻqituvchi – bajaruvchi, oʻqituvchi – obyekt, maqtandi – harakat-holat. Ayrim fe‘llardan oʻzlik nisbatini hosil qilib boʻlmaydi. Masalan: oʻqimoq, yozmoq, uxlamoq, uygʻonmoq, kulmoq, ichmoq kabi. Bu fe‘llar oʻzlik nisbatda qoʻllanmaydi: oʻqindi, yozindi, ichindi deb boʻlmaydi. Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling