Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


  -tir  Jarangsiz undosh bilan tugagan fe‘l asoslariga  qoʻshiladi.  oʻstir, ostir,  kestir.  4


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   310

-tir 
Jarangsiz undosh bilan tugagan fe‘l asoslariga 
qoʻshiladi. 
oʻstir, ostir, 
kestir. 

-ir, -ar, -iz 
Undosh bilan tugagan bir bo‗g‗inli fe‘llarga 
qo‗shiladi. 
shoshir, qaytar, 
tomiz. 

-sat 
koʻrsat 


89 

-kaz 
oʻtkaz

-qaz 
oʻtqaz

-gʻiz 
turgʻiz 

-giz 
yurgiz 
10 
-kiz 
ketkiz 
11 
-qiz 
oʻtqiz 
12 
-it 
kirit 
Orttirma nisbatning -kaz va -qaz shakllari bir fe‘lga qoʻshilib paronim soʻzlarni 
vujudga keltiradi. Oʻtkazmoq: suvdan oʻtkazmoq – oʻtqazmoq: koʻchat oʻtqazmoq.
Ba‘zan fe‘l asosiga orttirma nisbat hosil qiluvchi birdan ortiq qo‗shimchalar 
qo‗shilishi mumkin. Masalan, o„qit – o„qittir, to„ldir – to„ldirg„iz, yozdir – yozdirtir. 
Bunday holatda orttirma nisbat ma‘nosi kuchayadi. 
BIRGALIK NISBATI 
Birdan ortiq bajaruvchi tomonidan birgalikda bajarilgan harakat yoki holatni 
ifodalaydigan fe‘l shakli birgalik nisbati deyiladi. 
Birgalik nisbat shakli unli bilan tugagan fe‘l asosiga -sh, undosh bilan tugagan 
fe‘l asosiga esa -ish qo‗shimchasini qo‗shish orqali hosil qilinadi. Masalan: ishlashdi,
kelishdi. 
8-misol. 
Oʻqidi – oʻqishdi, bordi – borishdi, yozdi – yozishdi, oʻynadi – oʻynashdi. 
Boshqa barcha nisbatlarda fe‘ldan anglashilgan harakat-holatni faqat bitta 
shaxs bajarsa, birgalik nisbatda esa bajaruvchi kamida ikki va undan ortiq boʻladi. 
Bir fe‘l asosiga bir necha nisbat qoʻshimchalari ketma-ket qoʻshilishi mumkin. 
Bunda fe‘lning qaysi nisbatda ekanligi oxirgi qoʻshilgan nisbat qoʻshimchasiga qarab 
aniqlanadi. Masalan: kiyintirishdi fe‘lida oʻzlik (-in), orttirma (-tir), birgalik (-ish) 
nisbati qoʻshimchalari mavjud, oxirgi qoʻshilgan nisbat qoʻshimchasi birgalik 
nisbatniki boʻlganligi uchun bu fe‘l birgalik nisbatda deb qaraladi.

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling