Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


FE‟LNING VAZIFA SHAKLLARI


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   310
FE‟LNING VAZIFA SHAKLLARI 
Fe‘llar gapda boshqa so‗zlar bilan bog‗lanib, kesim, ega, to‗ldiruvchi, hol, 
aniqlovchi vazifasida kelishi mumkin. Buning uchun fe‘l maxsus shakllarga ega 
bo‗ladi. Turli gap bo‗laklari vazifasida kelish uchun xoslangan fe‘l shakllari fe‟lning 
vazifa shakllari sanaladi. 
Fe‘llarning to‗rt vazifa shakli mavjud: 1) sof fe‘l shakli (o„qidi); 2) harakat 
nomi shakli (o„qimoq, o„qish); 3) sifatdosh shakli (o„qigan, oqar); 4) ravishdosh 
shakli (o„qib, kelgach). 
1-misol. 
Bordi, ishlayapti, kelgach, kelguncha, o‗qib, o‗qish, o‗tirgan, qo‗rqmas. 
SOF FE‟L 
Fe‘lning gapda kesim vazifasini bajarishga xoslangan shakli sof fe‟l deyiladi.
Sof fe‘l fe‘lning asosiy vazifa shakli hisoblanadi va hech qanday vositalarsiz 
ifodalanadi. Sof fe‘llar fe‘lga xos boʻlgan zamon, shaxs-son, mayl ma‘nolarini 
bildiradi va gapda faqatgina kesim vazifasini bajaradi. Umuman olganda, zamon, 
shaxs-son va mayl shakllarini olgan har qanday fe‘l sof fe‘l hisoblanadi. 
2-misol. Sof fe‘llarning tagiga chizilgan. 
1. Alisher uyga kirishi bilan qolganlar jim bo‗lishdi. (Oybek) 2. Azizim, 
qizingizning baxtini birovlarning ostonasidan qidirmang. (Abdulla Qahhor) 3. Suv 
kelguncha, podani tepaga haydab chiqdi. Misoli suvga kalla qilganday o‗zini soyga 
otdi. (Tog„ay Murod) 4. Tursunboy tizzasini ushlab zo‗rg‗a qadam bosardi. (Abdulla 
Qahhor) 5. Siddiqjon borishni ham, qaytishni ham bilmay qoldi. (Abdulla Qahhor) 
HARAKAT NOMI 


93 
Fe‘lning otga xoslangan shakli harakat nomi deyiladi va fe‘l asoslariga -(i)sh, -
(u)v, -moq, -mak (eski shakl) qo‗shimchalarini qo‗shish yo‗li bilan yasaladi. 
 
3-misol. 
Yozmoq, yozish, yozuv; o‗qimoq, o‗qish, o‗quv; olmoq, olish, oluv. 
Harakat nomi fe‘l asoslariga -(i)sh, -(u)v, -moq qo‗shimchalarini qo‗shish 
orqali yasaladi. Masalan: yasha+sh, kel+ish, ayt+uv, bil+moq.
a yoki i unlisi bilan tugagan fe‘l asoslariga -v qo‗shimchasi qo‗shilganda, a 
unlisi o ga, i unlisi u ga aylanadi va shunday yoziladi. Masalan, ishla – ishlov, tani – 
tanuv. 
Harakat nomi otlar kabi egalik, kelishik va ko‗plik qo‗shimchalarini oladi va 
gapda ular bajaradigan gap bo‗laklari vazifasida keladi. Masalan: Chiroyli yozishni 
o„rgan! Yozuving yomon emas. 
Harakat nomi fe‘l boʻlsa-da, otga xos ma‘no ifodalaydi va uning vazifalarini 
bajaradi. Masalan, oʻqish soʻzi harakat nomi boʻlib, otning «nima?» soʻrogʻiga javob 
boʻladi (oʻqish – nima?), shu bilan birgalikda fe‘lning soʻrogʻiga ham javob boʻla 
oladi (oʻqish – nima qilish?). 
Fe‘lning harakat nomi shakli turkum jihatidan fe‘l hisoblansa-da, otga xos 
ma‘no ifodalaydigan, qoʻshimchalarini qabul qiladigan va otning vazifalarini 
bajaradigan soʻzlardir. Harakat nomida ham fe‘lning, ham otning xususiyatlari 
mujassamlashgan. 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling