Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   310
ORTTIRMA NISBAT 
Bajaruvchining ta‘siri bilan boshqa shaxs yoki narsa tomonidan bajarilgan 
harakat yoki holatni bildiruvchi fe‘l shakllari orttirma nisbat shakli deyiladi. Orttirma 
nisbat shakllari -t, -dir (-tir), -giz (-kiz), -qiz (-g„iz), -gaz (-kaz, -qaz), -ir, -ar, -iz kabi 
qo‗shimchalar yordamida yasaladi. 
 
7-misol. 
Oʻqimoq – oʻqitmoq, yozmoq – yozdirmoq, kelmoq – keltirmoq, yurmoq – 
yurgizmoq. 
Aniq nisbatdagi fe‘llarda bajaruvchi fe‘ldan anglashilgan harakat-holatni 
shaxsan oʻzi bajarsa, orttirma nisbatdagi fe‘llarda bajaruvchi harakat-holatni bevosita 
oʻzi bajarmay, birovga ta‘sir etib bajartiradi. Masalan: Anvar kitobni oʻqidi gapidagi 
oʻqidi fe‘li aniq nisbatda boʻlib, bajaruvchi – Anvarning oʻzi kitobni oʻqigan. Anvar 
kitobni ukasiga oʻqitdi gapida esa oʻqitdi fe‘li orttirma nisbatda boʻlib, bajaruvchi – 
Anvar kitobni oʻqimagan, balki uning ta‘sirida boshqa shaxs – ukasi oʻqigan. Demak, 
orttirma nisbatdagi fe‘llarda bajaruvchi harakat-holatni bevosita oʻzi bajarmaydi
uning ta‘sirida boshqa shaxs yoki narsa bajaradi. 
Taqqoslang: 
1) Oʻqituvchi yozdi. (aniq nisbatda: oʻqituvchining oʻzi yozgan) – Oʻqituvchi 
bolalarga yozdirdi. (orttirma nisbatda: oʻqituvchi oʻzi yozmagan, bolalarga 
yozdirgan) 
2) Anvar suv ichdi. (aniq nisbatda: Anvarning oʻzi suv ichgan) – Anvar 
ukasiga suv ichirdi. (orttirma nisbatda: Anvarning oʻzi suv ichmagan, ukasiga 
ichirgan) 
3) Sodiq yarim yoʻldan qaytdi. (aniq nisbatda: Sodiqning oʻzi qaytgan) – 
Sodiq bolalarni yarim yoʻldan qaytardi. (orttirma nisbatda: Sodiq oʻzi qaytmagan
bolalarni qaytargan) 
Orttirma nisbat shakllari va ularning qoʻshilish oʻrinlari 
№ Qoʻshimcha 
Qoʻshiladigan fe‟llar 
Misollar 

-t 
Unli tovush bilan tugagan fe‘l asoslariga 
qoʻshiladi. 
to‗qit, ishlat, 
oʻqit. 

-dir 
Jarangli undosh bilan tugagan bir bo‗g‗inli 
fe‘l asoslariga (kel so‗zidan boshqa: keltir), 
shuningdek, z undoshi bilan tugagan orttirma 
nisbat yasovchisidan keyin qoʻshiladi. 
chizdir, kuldir, 
qoldir, tomizdir. 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling