ANIQ NISBATDAGI FE‟LLARNING BOSHQA NISBAT
SHAKLLARIDAN FARQLANISHI
Aniq nisbatdagi ayrim fe‘llar shaklan oʻzlik, orttirma va birgalik nisbatdagi
fe‘llarga oʻxshab ketadi. Masalan, faxrlanmoq fe‘li aslida aniq nisbatda boʻlsa-da,
shaklan va mazmunan oʻzlik nisbatdagi fe‘lga oʻxshash: Alisher oʻzidan faxrlandi.
Biroq oʻzbek tilida faxrlamoq degan fe‘l mavjud emas va bu fe‘l tarkibida -n alohida
qoʻshimcha sifatida ajrala olmaydi. Demak, nisbat qoʻshimchasi ham yoʻq. Tarkibida
nisbat qoʻshimchasi mavjud boʻlmagan har qanday fe‘l esa aniq nisbatda boʻladi.
Quyidagi jadvalga e‘tibor bering:
90
№
Aniq nisbat
Izoh
Oʻzlik
nisbati
Izoh
1
Odatlanmoq,
faxrlanmoq,
sirpanmoq
Odatlamoq, faxrlamoq,
sirpamoq degan fe‘llar
mavjud emas va bu
fe‘llardagi -n alohida
qoʻshimcha
sifatida
ajrala olmaydi, shuning
uchun ushbu fe‘llarda
oʻzlik
nisbat
qoʻshimchasi yoʻq va
ular aniq nisbatda.
Oʻylanmoq
Oʻylamoq degan fe‘l
mavjud, shu sababli -n
oʻzlik
nisbat
qoʻshimchasi sifatida
ajraladi va ushbu fe‘l
oʻzlik nisbatidadir.
2
Sevinmoq
Sevmoq degan fe‘l bor,
ammo
u
«yaxshi
koʻrmoq»
ma‘nosini
ifodalaydi.
Sevinmoq
fe‘li
esa
«xursand
boʻlmoq»
ma‘nosini
bildiradi. Bu fe‘llar
boshqa-boshqa
ma‘nolarni ifodalagani
uchun alohida ikkita
fe‘l
deb
qaraladi.
Sevinmoq tarkibida esa
-in qoʻshimcha sifatida
ajralmaydi. Shu sababli
bu
fe‘l
aniq
nisbatdadir.
Kiyinmoq
Kiymoq va kiyinmoq
fe‘llari bir xil ma‘noni
bildirgani uchun bitta
fe‘l deb qaraladi. Shu
sababdan -in alohida
qoʻshimcha
sifatida
ajraladi va ushbu fe‘l
oʻzlik nisbatda deb
qaraladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |