85
Oʻtimli fe‘llarda harakat-holat nimaningdir ustida amalga oshiriladi, ya‘ni
harakat-holat nimaningdir ustiga oʻtadi. Fe‘ldan ifodalangan
harakat-holat ustiga
oʻtgan narsa obyekt hisoblanadi va u koʻpincha tushum kelishigi shaklidagi soʻzlar
bilan ifodalanadi. Masalan,
Rustam daraxtlarni oqladi gapida bajaruvchi Rustam
oqlamoq harakatini daraxtlarning ustida bajarmoqda, ya‘ni daraxtlarni oqlamoqda.
Demak, oqlamoq harakati obyekt (daraxt)ning ustiga oʻtmoqda,
shuning uchun bu
fe‘l oʻtimli fe‘l sanaladi.
Oʻtimsiz fe‘llarda esa harakat-holat hech narsaning ustiga oʻtmay, fe‘lning
oʻzida qoladi, ya‘ni oʻtimsiz fe‘llarda obyekt boʻlmaydi. Masalan,
Rustam yugurdi
gapida yugurish harakati hech narsaning ustida bajarilmagan,
shuning uchun gapda
tushum kelishigidagi obyekt yoʻq va uni kiritib ham boʻlmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: