Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Soʻz
Yasama / Tubligi Izoh Qarsak Yasama: qars + ak Qarsak soʻzi qars-qars soʻzi bilan bogʻliq. Qars- qars ovozlar yigʻindisi qarsakni hosil qiladi. Bilak Tub: bilak Bilak soʻzi bil (bilmoq) soʻzi bilan bogʻliq emas. Tepki Yasama: tep + ki Tepki soʻzi tep (tepmoq) soʻzi bilan bogʻliq. Tepish holati (zarbi) tepki hisoblanadi. Eski Tub: eski Eski (oldingi, qadimiy) 79 soʻzi es (xotira) soʻzi bilan bogʻliq emas. Soʻzni yasashga asos va yasovchi vositaga ajratish soʻzning yasalish tuzilishi hisoblanadi. Masalan: gulzorlar → gul + zor; kiyimingni → kiy + im; bilimdonlik → bilimdon + lik. Soʻzni ma‘noli qismlar (morfemalar)ga ajratish esa soʻzning morfemik tuzilishi deyiladi. Masalan: gulzorlar → gul-zor-lar; kiyimingni → kiy-im-ing-ni; bilimdonlik → bil-im-don-lik. Soʻzning yasalish tuzilishi bilan morfemik tuzilishi bir-biridan farq qiladi. Bu farqlanishlarni quyidagi jadvalda koʻrishimiz mumkin: № Soʻzning yasalish tuzilishi (yasashga asos va yasovchi vositaga boʻlinishi) Soʻzning morfemik tuzilishi (ma‟noli qismlarga – morfemalarga boʻlinishi) 1 Soʻz yasalish tuzilishi boʻyicha doimo faqatgina ikki qismga boʻlinadi: a) yasashga asos; b) yasovchi vosita. Masalan: bilim + don; quvonch + li; terimchi + lik. Soʻz morfemik tuzilishi boʻyicha tarkibida nechta ma‘noli qism boʻlsa, shuncha qismga boʻlinadi. Masalan: bil-im-don; quvon-ch-li; ter-im-chi-lik. 2 Soʻzning yasalish tuzilishida faqat yasashga asos qism va soʻz yasovchi qoʻshimchagina inobatga olinadi. Qoʻshimchalarning boshqa turlari – sintaktik va lugʻaviy shakl yasovchilar tashlab yuboriladi. Masalan: kitobxonlarimizni → kitob + xon. Bunda kitob – yasashga asos; -xon – soʻz yasovchi qoʻshimcha; -lar, -imiz va -ni qoʻshimchalari lugʻaviy va sintaktik shakl yasovchilar boʻlganligi uchun tashlab yuborildi. Terimchilarning → terim + chi; Ishladik → ish + la. gulzordagi → gul + zor. Soʻzning morfemik tuzilishida esa asos va barcha qoʻshimchalar inobatga olinadi va sanaladi. Masalan: kitobxonlarimizni → kitob-xon-lar- imiz-ni; Terimchilarning → ter-im-chi-lar- ning Ishladik → ish-la-di-k gulzordagi → gul-zor-dagi 3 Agar yasama soʻz tarkibida ikki va undan ortiq soʻz yasovchi qoʻshimcha ishtirok etsa, eng oxirgisi yasovchi vosita hisoblanadi, undan oldingi soʻz yasovchi(lar) esa yasashga asos qism tarkibiga kiradi. Masalan: 80 bilimdon → bilim + don. Ushbu soʻzning tarkibida ikkita soʻz yasovchi qoʻshimcha mavjud: -im va - don. Ammo yaxshi bilasizki, soʻz yasalishi doimo ikki qismga boʻlinadi, shu sababli bu soʻzda eng oxirgi qoʻshilgan soʻz yasovchi qoʻshimcha -don yasovchi vosita sanaladi, undan oldin qoʻshilgan -im esa yasashga asos tarkibiga kiradi. Demak, bilimdon soʻzining yasalish asosi bil emas, bilim soʻzidir, ya‘ni bilimdon soʻzi bil dan emas, bilim dan yasalgan. terimchilik → terimchi + lik. Bu soʻzda uchta yasovchi qoʻshimcha bor: -im, chi, -lik; eng oxirgisi -lik yasovchi vosita boʻladi, qolganlari esa yasashga asos tarkibiga kiradi. Soʻzning yasalish asosi va asosi ham bir-biridan farqlanadi. Bu farqlarni quyidagi jadvalda koʻrishimiz mumkin: Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling