Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov
Lugʻaviy shakl yasovchi qoʻshimchalar
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Soʻz Lugʻaviy shakl yasovchi qoʻshimchaning qoʻshilishi Soʻz
Lugʻaviy shakl yasovchi qoʻshimchalar biror soʻzga qoʻshilib, uning ma‘nosiga biroz qoʻshimcha ma‘no yuklovchi qoʻshimchalardir. Masalan, gul soʻziga qoʻshilgan -lar qoʻshimchasi bu soʻzning ma‘nosi («oʻsimlik» ma‘nosi)ga koʻplik ma‘nosini qoʻshadi, natijada gul soʻziga -lar qoʻshilishidan (gul + lar) hosil boʻlgan gullar soʻzi «bir nechta oʻsimliklar» ma‘nosini bildiradi. Bunda shu jihatga e‘tibor berish kerakki, lugʻaviy shakl yasovchi qoʻshimcha qoʻshilganda soʻzning ma‘nosi butunlay oʻzgarib ketmaydi, balki oldingi ma‘no saqlanib, oʻsha ma‘noga qoʻshimcha ma‘no yuklanadi. Buni quyidagi jadvalda koʻrish mumkin: Soʻz Lugʻaviy shakl yasovchi qoʻshimchaning qoʻshilishi Soʻz Gul Gul + lar gullar «oʻsimlik» «oʻsimlik» + «koʻplik» «bir nechta oʻsimliklar» Jadvaldan koʻrinyaptiki, lugʻaviy shakl yasovchi qoʻshimcha qoʻshilgandan keyin ham oldingi ma‘no saqlanyapti, faqat avvalgi ma‘noga «bir nechta» degan koʻplik ma‘nosi qoʻshilyapti. Soʻz yasovchi qoʻshimchalar bilan lugʻaviy shakl yasovchi qoʻshimchalarning farqi shundaki, soʻz yasovchi qoʻshimcha butunlay yangi ma‘no hosil qiladi, ya‘ni avvalgi ma‘noni batamom oʻzgartiradi. Lugʻaviy shakl yasovchi qoʻshimchalar esa oldingi ma‘noni oʻzgartirmaydi, balki uning ustiga qoʻshimcha ma‘no yuklaydi. Buni quyidagi jadvallarda aniqroq koʻrish mumkin: № Soʻz Lugʻaviy shakl yasovchi qoʻshimchaning Soʻz Izoh 69 qoʻshilishi 1 Gul Gul + lar gullar Gul soʻzidagi «oʻsimlik» ma‘nosi gullar soʻzida ham oʻzgarmasdan saqlangan, gullar soʻzi «bir nechta oʻsimliklar» ma‘nosini bildiradi. Gullar soʻzi oʻzining asosi gul soʻzi bilan bir xil – «oʻsimlik» ma‘nosini bildirgani uchun tub soʻz hisoblanadi. Chunki bu yerda yangi ma‘no hosil boʻlmay, oldingi ma‘no oʻz holicha saqlangan. Gul ham, gullar ham bitta narsani – oʻsimlikni bildiradi. -lar esa ma‘noni butunlay oʻzgartirmasdan unga qoʻshimcha ma‘no (koʻplik ma‘nosi) qoʻshgani uchun lugʻaviy shakl yasovchi qoʻshimcha hisoblanadi. «oʻsimlik» «oʻsimlik» + «koʻplik» «bir nechta oʻsimliklar» 2 Kitob Kitob + cha Kitobcha Kitob soʻzidagi «varaqlardan tashkil topgan, muqovalangan oʻquv quroli» ma‘nosi kitobcha soʻzida ham oʻzgarmasdan saqlangan, kitobcha soʻzi «varaqlardan tashkil topgan, muqovalangan Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling