Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


QOʻSHIMCHALAR (KOʻMAKCHI MORFEMALAR)


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   310
QOʻSHIMCHALAR (KOʻMAKCHI MORFEMALAR) 
Mustaqil qoʻllana olmaydigan, asosga qoʻshilib, unga yangi yoki qoʻshimcha 
ma‘no yuklaydigan, shuningdek, soʻzlarni bogʻlashga xizmat qiladigan qism 
qoʻshimcha deyiladi. 
 
3-misol.
1. Ishchilarni → ish-chi-lar-ni 
2. Kitobxonlarimizga → kitob-xon-lar-imiz-ga 
3. Borishdi → bor-ish-di 
4. Tinchlikparvarlik → tin-ch-lik-parvar-lik
Yuqoridagi soʻzlar tarkibida ajratib koʻrsatilgan qismlar qoʻshimcha 
(koʻmakchi morfema)lar hisoblanadi. Qoʻshimcha (koʻmakchi morfema)lar oʻzi 
yakka qoʻllana olmaydi va doimo asosga qoʻshilib kelib, ma‘lum bir vazifalarni 
bajaradi. 
Qoʻshimchalar vazifasiga koʻra ikki turli boʻladi: 
a) soʻz yasovchi qoʻshimchalar; 
b) shakl yasovchi qoʻshimchalar. 


67 
 
Asosga qoʻshilib, yangi ma‘no hosil qiluvchi qoʻshimchalar soʻz yasovchi 
qoʻshimchalar deyiladi. Masalan: doʻppi + doʻz, ser + qatnov, foyda + li, taqsim + 
la. 
 
Soʻz yasovchi qoʻshimchalar bir soʻzga qoʻshilib, undan yangi soʻz hosil 
qiluvchi (yasovchi) qoʻshimchalardir. Masalan, kitob soʻziga qoʻshilgan -xon 
qoʻshimchasi undan kitobxon degan yangi soʻz yasaydi yoki gul soʻziga qoʻshilgan -
zor qoʻshimchasi undan gulzor soʻzini hosil qiladi. 
Yangi soʻz yasalganda yangi ma‘no (tushuncha) hosil boʻladi. Masalan, gul 
soʻzi «oʻsimlik» ma‘nosini bildirsa, undan hosil qilingan gulzor soʻzi «oʻrin-joy» 
ma‘nosini ifodalaydi, ya‘ni bir soʻzdan yangi soʻz yasalganda bir ma‘no 
(tushuncha)dan boshqa bir ma‘no (tushuncha) vujudga keladi. Shuning uchun 
qachonki bir ma‘nodan boshqa bir yangi ma‘no hosil boʻlgan boʻlsa, yangi soʻz 
yasalgan hisoblanadi. Bu holatni kitobxon soʻzida ham koʻrishimiz mumkin: kitobxon 
soʻzi kitob soʻzidan yasalgan, kitob soʻzi «oʻquv quroli» ma‘nosini bildirsa, kitobxon 
soʻzi «kitob oʻquvchi shaxs» ma‘nosini ifodalaydi. Demak, bu yerda «oʻquv quroli» 
ma‘nosidan «kitob oʻquvchi shaxs» ma‘nosi kelib chiqmoqda. Shunga koʻra bu yerda 
soʻz yasalyapti deyishimiz mumkin. «Oʻquv quroli» ma‘nosini bildiruvchi kitob 
soʻziga butunlay yangi «kitob oʻquvchi shaxs» ma‘nosini qoʻshayotgan va undan 
kitobxon soʻzini hosil qilayotgan vosita esa -xon qoʻshimchasidir. Shuning uchun bu 
shakl soʻz yasovchi qoʻshimcha hisoblanadi.
Quyidagi jadvalga e‘tibor bering: 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling