Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1) Soʻzning tarkibida ma‟noli qism sifatida boʻlinayotgan morfemalar mazmunan bir-biri bilan bogʻliq, aloqador boʻlishi lozim.
6-mavzu:
MORFEMIKA Reja: 1. Morfemika haqida umumiy tushuncha. 2. Asos va qoʻshimcha. 3. Qoʻshimchalarning turlari. 4. Soʻz tarkibida tartib. Tayanch tushunchalar: morfemika, asos, qoʻshimcha, soʻz yasovchi qoʻshimcha, lugʻaviy shakl yasovchi, sintaktik shakl yasovchi, munosabat shakllari, soʻz tartibi. 1-misol. 1. Paxtakorlar → paxta-kor-lar; 2. Tinchlikparvarlik → tin-ch-lik-parvar-lik 3. Oʻqiyotganlarning → oʻqi-yotgan-lar-ning Soʻzlar, yuqoridagi misoldan koʻrinib turganidek, ma‘lum tarkibiy qismlarga boʻlinadi va bu tarkibiy qismlar birlashib yaxlit soʻzni tashkil etadi. Soʻzning bunday qismlari morfemalar yoki ma‟noli qismlar deb ataladi. Demak, paxtakorlar soʻzi 64 uchta morfemadan (ma‘noli qismdan) tashkil topgan: paxta-kor-lar. Soʻzlarning eng kichik ma‘noli qismlarini, ya‘ni morfemalarni oʻrganuvchi tilshunoslik boʻlimi morfemika deb ataladi. Soʻz tarkibi asos va qoʻshimchalardan iborat. Soʻzlarni morfemalarga boʻlish, soʻzlarni ma‘noli qismlarga boʻlish yoki soʻzlarni asos va qoʻshimchalarga ajratish deganda bitta hodisa tushuniladi. Soʻzlarni ma‘noli qismlarga boʻlishda bir qator qonuniyatlarga amal qilish kerak: 1) Soʻzning tarkibida ma‟noli qism sifatida boʻlinayotgan morfemalar mazmunan bir-biri bilan bogʻliq, aloqador boʻlishi lozim. Bilimdon soʻzi bil-im-don tarzida uchta morfemaga boʻlinadi. Bunda boʻlinayotgan qismlarning har biri oldingisi yoki keyingisi bilan ma‘no jihatdan chambarchas bogʻliqdir, ya‘ni bilimdon bilim bilan bogʻliq: bilimi koʻp inson bilimdon boʻladi, bilim esa bil bilan bogʻliq: bilingan, oʻrganilgan narsa-hodisalar yigʻilib, bilim boʻladi. Terimchilik soʻzi esa ter-im-chi-lik tarzida toʻrtta ma‘noli qismga (morfemaga) ajraladi. Bu soʻzda ham morfemalar ma‘no jihatidan bir-biri bilan uzviy bogʻliq: terimchilik jarayoni boʻlishi uchun terimchi zarur, terimchi terimni amalga oshiruvchi shaxsdir, demak, terimchi terimdan kelib chiqadi, terim boʻlishi uchun terish lozim, shuning uchun terim ham terdan shakllangan. Ter-im-chi-lik Ter terimchi + lik Ter + im = terim terim + chi Terim + chi = terimchi ter + im Terimchi + lik = terimchilik ter Agar morfemalar oʻrtasida ana shunday ma‘noviy bogʻliqlik boʻlmasa, soʻz ma‘noli qismlarga boʻlinmaydi. Masalan, sevin (xursand boʻl) soʻzini sev-in tarzida ma‘noli qismga boʻlish mumkin emas, chunki sevin (xursand boʻl) va sev (yaxshi koʻr) fe‘llari mazmunan aloqador emas va umuman boshqa-boshqa ma‘nolarni bildiradi, demak, sevin soʻzi ma‘noli qismlarga boʻlinmaydi. Xuddi shunday holatni yopishqoq soʻzi misolida ham koʻrish mumkin. Bu soʻz yop-ish-qoq tarzida uchta morfemaga emas, yopish-qoq tarzida ikkita morfemaga boʻlinadi. Negaki yopishqoq soʻzi yopishishga moyil boʻlgan narsa belgisini bildiradi va yopishmoq (yopishib qolmoq) fe‘li bilan mazmunan aloqador, ya‘ni oʻsha fe‘ldan yasalgan. Ammo yopishmoq (yopishib qolmoq) fe‘li yopmoq (ochiq sathni yopiq holatga keltirmoq) fe‘li bilan ma‘noviy jihatdan bogʻliq boʻlmaganligi uchun yop-ish tarzida ma‘noli qismga boʻlinmaydi. Quyidagi jadvalga e‘tibor qiling: Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling