Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


UYUSHIQ BO„LAKLI GAPLARDA UMUMLASHTIRUVCHI SO„Z


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet236/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   310
UYUSHIQ BO„LAKLI GAPLARDA UMUMLASHTIRUVCHI SO„Z
VA UNDA OHANG HAMDA TINISH BELGILARI 
 
 
Gapda uyushiq bo‗laklarni jamlovchi, umumlashtiruvchi so‗z bo‗lishi mumkin. 
Ko‗pincha, belgilash, bo‗lishsizlik olmoshi va jamlovchi ot, jamlovchi son
shuningdek, so‗z birikmasi, kengaygan birikma umumlashtiruvchi so‗z bo‗lib keladi: 
Uylar, daraxtlar, ko„chalar – hammasi qorong„ilik qa‟riga cho„mdi. Ishga yangi 
qabul qilinganlar: Ahmad, Salim va Akbar boshliqning oldiga kirishsin. 
Umumlashtiruvchi so‗z bilan uyushiq bo‗lak bir xil sintaktik vazifani bajaradi. 


241 
Umumlashtiruvchi bo‗lak uyushiq bo‗lakdan oldin kelsa, undan keyin ikki 
nuqta qo‗yiladi: Qudratning oldidan ikki o‘rtoq: Ilhom va Rustam chiqib keldi. 
Umumlashtiruvchi bo‗lak uyushiq bo‗lakdan keyin kelsa, undan oldin tire 
qo‗yiladi: Shu hovli-joy, mana shu daraxtlar, kursi, so„ri – hammasi – meniki. 
Umumlashtiruvchi soʻz uyushiq boʻlaklarning ma‘nosini jamlab ifodalasa, 
uyushiq bo‗laklar umumlashtiruvchi so‗zning ma‘nosini aniqlashtirib keladi. 
6-misol. Umumlashtiruvchi soʻzlar ajratib koʻrsatilgan. 
1. Najot ikki narsada: taqvo bilan niyatdadir. Halokat ham ikki narsada
umidsizlik va mag‗rurlanishda. («Sharq haqni topdi») 2. Har narsada uch asosga
haqiqiy, halol va nafli narsalarga e‘tibor berish kerak. (J.Marmontel) 3. Ish bizni uch 
xil illatdan: zerikish, qusur, muhtojlikdan xalos etadi. (F.Volter) 4. Kelajak bundan 
buyon ikki xil toifa kishilar: aqliy va jismoniy mehnat kishisi qo‗lidadir. (V.Gyugo) 
5. Insonni butun borliq: odamlar, buyum va narsalar, voqea-hodisalar, ammo, eng 
avvalo va aksar hollarda, odamlar tarbiyalaydi. Bular orasida esa ota-onalar bilan 
o‗qituvchilar birinchi o‗rinda turadilar. (Makarenko) 6. Insonda hamma narsa: yuz 
ham, kiyim ham, qalb ham, fikr ham go‗zal bo‗lishi lozim. (A.Chexov) 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling