hol hisoblanadi. Masalan: Oqillarga shafqat va mehribonchilik bilan muomalada
bo„lib, so„ngra tavoze, odob bilan yordam qilinglar. (Ahmad Donish)
3-misol. Uyushiq hollar ajratib koʻrsatilgan.
1. Tomlardan, ivigan devorlardan bug‗ ko‗tarila boshladi. 2. Shahar
ko„chalarida, bog„larda, qir-u adirlarda bahor nafasi ufuradi. 3. U ko‗chadan
kiyimlari yirtilib, titilib kirdi. 4. Obidjon kecha va bugun tinimsiz dars qildi.
Faqat bir xil ma‘noni bildiruvchi hollargina oʻzaro uyushib kela oladi, ya‘ni
payt holi bilan payt holi, ravish holi bilan ravish holi uyushishi mumkin.
Turli mazmun munosabatini bildirgan hollar uyushmaydi. Masalan: Bahrom
kecha teatrga bordi. Bu gapdagi hollar uyushmagan: kecha – payt holi, teatrga – o‗rin
holi.
Uyushiq boʻlaklar bir xil grammatik shaklda boʻlishi lozim, ammo uyushiq
hollar turli shakldagi va turli turkumdagi so‗zlar bilan ifodalanishi mumkin.
Masalan:
1. Podsho goh kulib, goh jiddiy, goh o‘y bilan quloq solardi. – Bu gapda
ravishdosh (kulib), sifat (jiddiy) va ko‗makchili ot (o‗y bilan) bilan ifodalangan turli
shakldagi ravish hollari uyushgan.
2. Daryo goh shovqin solib, goh tinch oqar edi. – Bu gapda ravishdosh
(shovqin solib) va sifat (tinch) bilan ifodalangan turli shakldagi ravish hollari
uyushgan.
UYUSHIQ TOʻLDIRUVCHI
Gap tarkibida bir xil ma‘noni (yo shaxs, yo narsa) bildirib, bir xil shaklda
(kelishik shaklida yoki ko‗makchi bilan) kelgan va sanash ohangiga ega bo‗lgan ikki
va undan ortiq to‗ldiruvchilar uyushiq to„ldiruvchi hisoblanadi. Masalan: O„zini
ilmga bag„ishlaydigan kishi fisq-u fujur, gina, xiyonat, makr va xiyladan xoli
bo„lishi kerak. (Farobiy)
Do'stlaringiz bilan baham: |