Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov
GAPNING UYUSHIQ BO„LAKLARI
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bugun va ertaga
- Qoʻshimchalarning qoʻshilish turi Misollar Xususiyati 1
- kerak
GAPNING UYUSHIQ BO„LAKLARI
Grammatik jihatdan bir xil shakllanib, ko‗pincha, bir xil so‗roqqa javob bo‗ladigan, o‗zaro teng bog‗langan va barchasi gapning bitta bo‗lagiga tobelanadigan bo‗laklar uyushiq bo„lak deyiladi. Masalan: Bola goh menga, goh unga qarar edi. Gapning barcha bo‗lagi uyushadi: 1) uyushiq ega: Bugun Anvar yoki Sobir navbatchilik qiladi; 2) uyushiq kesim: U asta joyiga o‘tirib, gapira boshladi.Yo„l keng va tekis edi; 3) uyushiq to‗ldiruvchi: Kitob va daftarlarni keltirdi. Akamga va opamga xabar qildik. 4) uyushiq aniqlovchi: Salqin va bahavo bog„da dam oldik. Olma(ning) va shaftolining hosili mo„l bo„ldi; 5) uyushiq hol: Topshiriqni tez va puxta bajardik. Bugun va ertaga men navbatchilik qilaman. Shahar va qishloqda qurilish avjiga chiqqan. Quvonch va shodlikdan tili aylanmas edi. U shaharga o‘qish va ishlash maqsadida kelgan edi. Men sizga o‘n marta, yuz marta gapirdim. 1-misol. Uyushiq boʻlaklar ajratib koʻrsatilgan. 1. Donishmandlik haqiqatni so„zlamoq va tabiatga quloq tutib, unga bo„ysunmoqlikdan iboratdir. (Buqrot) 2. O‗zini anglash va fikrlash hamma odamlarga xosdir. (Buqrot) 3. Olim kishilar har yerda aziz va hurmatlidurlar. (A.Avloniy) 4. Adolatli, fanni sevuvchi aqlli hukmdor insonparvarlik munosabatlarini adolat talablariga moslashtirib turishi kerak. (Abu Ali ibn Sino) 5. Ulamolar suhbatida bo‗l; pok, sof niyatli kishilarga talpin. (Amir Temur) 6. Ustoz va muallimlar hurmatini o‗rniga qo‗yganlar bu dunyoda ham, oxiratda ham savob topadi. (Koshifiy) Uyushiq boʻlaklarning xususiyatlari Men bu sovgʻalarni onamga, opamga va ukamga oldim. 1 Barchasi bir xil soʻroqqa javob boʻladi kimga oldim? – onamga; kimga oldim? – opamga; kimga oldim? – ukamga. 237 2 Barchasi bir xil gap boʻlagi vazifasini bajaradi onamga – toʻldiruvchi; opamga – toʻldiruvchi; ukamga – toʻldiruvchi. 3 Barchasi bir xil grammatik shakllanadi (bir xil qoʻshimchalarni qabul qiladi) onamga (joʻnalish kelishigi shaklida); opamga (joʻnalish kelishigi shaklida); ukamga (joʻnalish kelishigi shaklida). 4 Barchasi bitta soʻzga tobelanadi onamga oldim; opamga oldim; ukamga oldim 5 Teng bogʻlovchilar yoki sanash ohangi bilan oʻzaro teng bogʻlanadi onamga, opamga va ukamga Uyushiq bo‗lakda ko‗plik, egalik va kelishik qo‗shimchasi qo‗llanishi ikki xil: 1) ko‗plik, egalik va kelishik qo‗shimchasi uyushiq bo‗lakning oxirgisiga qo‗shilib, barchasiga tegishli bo‗ladi: Noma va arizalarning ba‟zisi mirzo, muftilarga havola qilinar edi; 2) gapdagi uyushiq bo‗lakning har birida son, egalik, kelishik qo‗shimchasi qo‗shilishi ham mumkin: Qor sovug„i qo„llarimni va oyoqlarimni, peshonamni yalab tursada, menga juda yoqimli tuyuldi. Uyushiq bo„laklarga qoʻshimchalarning qo„shilishi № Qoʻshimchalarning qoʻshilish turi Misollar Xususiyati 1 Qoʻshimchalar uyushiq bo‗laklarning har biriga alohida-alohida qo‗shiladi. 1) Toshkentda, Samarqandda va Fargʻonada bayram shodiyonalari oʻzgacha koʻrinish oldi. 2) Navoiyning, Boburning, Mashrabning asarlarini sevib oʻqiyman. Uyushiq boʻlaklarning har biri alohida ta‘kidlanadi. 2 Qoʻshimchalar uyushiq bo‗laklarning eng oxirida qoʻllanilib, hammasi uchun tegishli boʻladi. 1) Toshkent, Samarqand va Fargʻonada bayram shodiyonalari oʻzgacha koʻrinish oldi. 2) Navoiy, Bobur, Mashrabning asarlarini sevib oʻqiyman. Uyushiq boʻlaklarning har biri ta‘kidlanmay, oddiy sanab koʻrsatiladi. Gapda uyushiq bo‗lak sanash ohangi va teng bog‗lovchilar vositasida bog‗lanadi, yozuvda sanash ohangini ifodalash uchun uyushiq boʻlaklar oʻrtasiga vergul qoʻyiladi. Gapning uyushiq bo‗lagi guruh-guruh bo‗lsa, bir-biridan nuqtali vergul bilan ajratiladi: Yutib chiqish uchun ot chopqir, zotdor bo‘lishi va yaxshi toblanib sovitilishi; chavandoz usta, epchil bo‘lishi kerak. 238 UYUSHIQ KESIM Kesim uyushib kelganda uni shakllantiruvchi vositalar (zamon, shaxs-son, mayl, tasdiq-inkor shakllari, bog‗lama va ko‗makchi fe‘llar) oxirgi bo‗lakka qo‗shiladi: Mavzuni yaxshi tushunish uchun, avvalo, darsni diqqat bilan tinglash, berilgan topshiriqlarni bajarish, muntazam takrorlash kerak. Men uzoq yillardan buyon shu shaharda yashab, o„qib, ishlab kelyapman. Birinchi gapda tinglash, bajarish, takrorlash kerak degan ot kesimlar uyushgan boʻlib, kesimni shakllantiruvchi bogʻlama – kerak soʻzi faqat oxirgi kesimga qoʻshilgan, natijada soʻnggi kesimgina grammatik jihatdan shakllanib, oldingi kesimlar alohida mustaqil kesim sifatida shakllana olmagan va keyingi kesim bilan uyushib, uyushiq kesimli sodda gap hosil boʻlgan. Ikkinchi gapda esa oʻqib, ishlab kelyapman degan fe‘l kesimlar uyushgan boʻlib, kesimni shakllantiruvchi zamon va shaxs-son shakllari (-yap, -man) faqat oxirgi kesimga qoʻshilgan. Agar ushbu vositalar har bir kesimga qo‗shilsa, bunday gap uyushiq kesimli sodda gap emas, qo‗shma gap hisoblanadi: Mavzuni yaxshi tushunish uchun, avvalo, darsni diqqat bilan tinglash kerak, berilgan topshiriqlarni bajarish kerak, muntazam takrorlash kerak. Nutq qudratli kuch: u ishontiradi, undaydi, majbur etadi. Uyushiq kesimlarda faqat oxirgi kesimgina grammatik jihatdan toʻliq shakllangan boʻladi, oldingi kesimlar esa grammatik jihatdan shakllanmagani uchun oʻzi alohida kesim boʻla olmaydi va keyingi kesim bilan birgalikda tugal hukmni ifodalaydi. Natijada gap tarkibida ikki va undan ortiq kesim boʻlsa-da, ulardan bittasi mustaqil tugal hukmni anglatgani, qolganlari esa alohida hukmni bildira olmagani uchun bunday gaplar uyushiq kesimli sodda gaplar sanaladi. Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling