Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov
koʻp kitoblarni oʻqib chiqqanman. 4) Ikki
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zarur
- Olim Qodirovning
- IZOHLOVCHI ANIQLOVCHI Izohlovchi aniqlovchi
- Izohlovchi tavsiflaydigan shaxsning belgilari № Belgilar Misollar 1
- Oshpaz
koʻp kitoblarni oʻqib
chiqqanman. 4) Ikki kishi suhbatlashib oʻtirardi. 1. Bir xil soʻzlar bilan ifodalanishi mumkin. Masalan: sifatlovchi aniqlovchi ham, ravish holi ham chiroyli soʻzi bilan ifodalangan. 2. Bir xil soʻroqqa javob boʻlishi mumkin. Masalan: sifatlovchi aniqlovchi ham, miqdor-daraja holi ham «qancha?» soʻrogʻiga javob boʻlgan. Sifatlovchi aniqlovchi ot bilan ifodalangan boʻlakka bogʻlanib, uning xususiyat va miqdor belgisini bildiradi. 2 Ravish holi 1) Yaxshi bola yaxshi oʻqiydi. 2) Saidjon chiroyli yozadi. Ravish holi fe‘l bilan ifodalangan boʻlakka bogʻlanib, uning belgisini bildiradi. 3 Miqdor- daraja holi 1) Men bu asarni koʻp oʻqiganman. 2) Bolalar qoʻl berib koʻrishdi, davrani ikki Miqdor-daraja holi fe‘l bilan ifodalangan boʻlakka ketdi. (S. Ahmad) 3 Olmosh bilan Qaysi gulni yoqtirasiz? 4 Ot bilan Kumush qishdan, zumrad bahordan, qolishmaydi kuzning ziynati. 5 Ravish bilan Ko„p odamlar bundan bexabar edi 6 Taqlid soʻz bilan Qir tomondan g„ir-g„ir shabada esib turibdi. 7 Modal soʻz bilan Zarur ishlarimizni bitirdik. 8 Undov soʻz bilan Oh-voh ovozi qulogʻim tagidan ketmaydi. 9 Sifatdosh bilan Bir yil tut ekkan kishi yuz yil gavhar teradi. 232 aylandi. bogʻlanib, uning miqdorini bildiradi. QARATQICH ANIQLOVCHI Predmetning kim, nima yoki qayerga mansubligi, qarashliligini bildirib, o‗zidan keyingi bo‗lakka moslashuv yo‗li bilan tobelangan aniqlovchilarga qaratqich aniqlovchi deyiladi. Qaratqich aniqlovchi ot, olmosh, harakat nomi va otlashgan so‗zlar bilan ifodalanib, kimning, nimaning, qayerning kabi so‗roqlardan biriga javob bo‗ladi. Masalan: Bolalik inson hayotining shunday poydevoriki, umr binosining keyingi boʻy-basti, salobati unga bogʻliq boʻladi. (Dilshod Rajab) U hozir hammaning kallasini g„ovlatgan shum xabarni hech o„ylamayapti... (A. Muxtor) 3-misol. Qaratqich aniqlovchilar ajratib koʻrsatilgan. 1. Bir kattaning gapiga kir, bir kichikning gapiga kir. 2. Kelganlarning birortasi ham uni tanimas edi. 3. Jismoniy tarbiya darsi maktab hovlisida o‗tkazildi. 4. O„qishning foydasi ko‗p. 5. Nodonlardek otangning kimligini pesh qilma, o‗zingga sen hunardin o‗zgani ota bilma. (A. Jomiy) 6. Biroq uning bu g‗ayrati o‗zi uchun halokat bilan natijalanib, Usta Mo‗minjon ismlik bir miltiq ustasining otqan o‗qi bilan ko‗kragidan yaralanib yiqildi. (A. Qodiriy) 7. Samoning bulutlar siyrak, zangorisimon sahnida ham to‗lishmagan qandaydir beshakl oy xira, rangsiz yiltiradi. (Oybek) 8. Xira yorug‗ ichkariga to‗kiladi, gugurt cho‗p alanga olib Olim Qodirovning kulcha, oqish yuzlarini, quyuq kipriklari va bezovta chaqnayotgan ko‗zlarini bir zum yoritib, asta-asta pasayib o‗chadi. (N. Tilabov) Qaratqich aniqlovchilarning ifodalanishi № Soʻz turkumi Misollar 1 Ot bilan Yigitlarning hammasi dalaga chiqib ketishgan ekan. 2 Olmosh bilan Yoshlar – bizning kelajagimizdir. 3 Harakat nomi bilan Oʻqishning foydasi koʻp. Otlashganda 4 Sifat bilan Yaxshining yaxshiligi tegar har yerda, yomonning yomonligi tegar tor yerda. 5 Son bilan Birining koʻzi qora, ikkinchisining koʻzi koʻk edi. 6 Ravish bilan Koʻpning duosi ijobat boʻladi. 7 Taqlid soʻz bilan Bolalar qiy-chuvining ovozi shu yergacha yetib keldi. 8 Modal soʻz bilan Borning tili uzun boʻladi. 9 Undov soʻz bilan Dod-voyining ovozi hammani bezovta qilardi. 10 Sifatdosh bilan Soʻraganning bir yuzi qora, bermaganning ikki yuzi qora. Qaratqich aniqlovchi doimo qaratqich kelishigi shaklidagi soʻzlar bilan ifodlanadi. Ba‘zan kelishik belgisiz qoʻllanilishi mumkin: Universitetning binolari 233 koʻcha boʻylab choʻzilib ketgan. – Universitet binolari koʻcha boʻylab choʻzilib ketgan. Qaratqich aniqlovchi qaratqich, qaratqich aniqlovchi aniqlagan (bogʻlangan) boʻlak esa qaralmish deb yuritiladi. Qaratqich va qaralmish munosabati qaratqichli birikma sanaladi. Masalan: Dutor torlarining jarangi Zumrad tovushiga qo„shilib ketdi. torlarining – qaratqich, jarangi – qaralmish; torlarining jarangi – qaratqichli birikma IZOHLOVCHI ANIQLOVCHI Izohlovchi aniqlovchi shaxs va narsani boshqa (turi, mansabi, laqabi, kasbi, qarindoshligi kabilar) tomonidan nomlaydi, qaysi soʻrogʻiga javob boʻladi va ot bilan ifodalanadi: dasturchi-muhandis, o‘qituvchi G„ulomov, Xurshid tog‘a. 4-misol. Izohlovchi aniqlovchilar ajratib koʻrsatilgan. 1. Rayimbek dodxoh qilich yalanglab, sipohlar oldida olomong‗a qarab yugurdi. (A. Qodiriy) 2. Birozdan so‗ng oshpaz Nizom kirib keldi. 3. Bozorda shovqin-suron kuchli boʻlsa-da, jarchi Ne‘matning ovozi baralla eshitilardi. 4. Eshik ochilib qoʻlida ukol-dori solingan patnis koʻtarib olgan hamshira qiz kirib keldi. 5. Boʻri polvon Ismoilni koʻzga ilmay-koʻzga ilmay davra aylandi. (T. Murod) 6. Oʻzbekiston Xalq shoiri Erkin Vohidov talabalik yillarida Mirtemir domlani koʻrish, suhbatlaridan bahramand boʻlishga boribdilar. («Ibratli hikoyalar va xislatli hikmatlar kitobidan») Izohlovchi tavsiflaydigan shaxsning belgilari № Belgilar Misollar 1 yosh, jins, qarindoshlik Oʻsha kuni Mavjuda xola bilan, Sobir amaki foydali nasihatlar qildilar. 2 unvon, amal Kapitan Mansurov soʻzladi. 3 mashgʻulot, kasb Oshpaz Shukur, gulchi Nizom va duradgor Vahobjonlar yetib kelishdi. 4 laqab Jalil sovuq, Juman pismiqlarning askiyasini eshitdik. 5 taxallus Muso Toshmuhammad oʻgʻli Oybek yirik nasriy asarlar muallifidir. 6 millat Bu masala haqida birinchi boʻlib Xidir tatar soʻz ochdi. Izohlovchi aniqlovchi izohlovchi, izohlovchi aniqlovchi aniqlagan (bogʻlangan) boʻlak esa izohlanmish deb yuritiladi. Izohlovchi va izohlanmish munosabati izohlovchili birikma sanaladi. Masalan: Birozdan so„ng oshpaz Nizom kirib keldi. oshpaz – izohlovchi, Nizom – izohlanmish; oshpaz Nizom – izohlovchili birikma. Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling