ishrat umidi keldi g‗amginlik aro. (A. Navoiy) 4. Tikansiz gul, sadafsiz dur,
mashaqqatsiz hunar bo‗lmas. (Mashrab) 5. Kissayi purzar emish elga hunar,
behunar elni derlar rishi xar. (Gulxaniy) 6. Qaysi ilm va hunar kishining aqliga,
ruhiga tarbiya berar ekan, unday ilm va hunar o„z egasini har doim qo‗llab-
quvvatlaydi. (A. Donish) 7. Shamning qizg„ish shu‘lasi kulbaga fayz berib turar edi.
(G„afur G„ulom) 8. Chuqur va xayolchan ko‗zlarida sirli va sehrli bir holat aks
etadi. (Omon Muxtor)
ANIQLOVCHINING TURLARI
Aniqlovchilarning bir xili narsa-buyumning belgisi (rangi, miqdori, mazasi,
hajmi)ni bildirsa, boshqa xili narsa-buyumning kimga yoki nimaga qarashliligini
bildiradi yoxud boshqa tomondan nomlaydi. Shunga ko‗ra, aniqlovchilar uchga
bo‗linadi:
1) sifatlovchi aniqlovchi;
2) qaratqich aniqlovchi;
3) izohlovchi aniqlovchi.
Misol: Yangi (sifatlovchi aniqlovchi) binolar qishloqning (qaratqich
aniqlovchi) husniga husn qo„shmoqda. (Sh.R.) Kapitan (izohlovchi aniqlovchi)
Mansurov so„zladi.
SIFATLOVCHI ANIQLOVCHI
Predmetning rangi, ta‘mi, hajmi, miqdori, xarakter xususiyatini bildirib,
o‗zidan keyingi bo‗lakka bitishuv yo‗li bilan tobelangan aniqlovchilarga sifatlovchi
aniqlovchi deyiladi. Sifatlovchi aniqlovchi qanday, qanaqa, qancha, nechanchi,
qaysi kabi so‗roqlardan biriga javob bo‗ladi.
2-misol. Sifatlovchi aniqlovchilar ajratib koʻrsatilgan.
1. Ko„m-ko„k g‗o‗zalar hosilga kirdi. 2. Bu kishining fe‘l-atvori menga juda
yoqib tushdi. 3. Sanjar sakkizinchi sinfda o‗qiydi. 4. Besh-olti keksa yig‗ilib
maslahat qilishdi. 5. Hojatmand kishini noumid qaytarma. (Luqmoni Hakim) 6. Har
Do'stlaringiz bilan baham: |