Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet225/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   310
VOSITASIZ TOʻLDIRUVCHI 
Belgili va belgisiz tushum kelishigidagi soʻzlar bilan ifodalangan va kimni? 
nimani? qayerni? soʻroqlaridan biriga javob boʻluvchi toʻldiruvchi vositasiz 
toʻldiruvchidir. Masalan: Birni kessang, o‘nni ek. Yashashni istasang, ishlashni 
o„rgan.  


229 
Vositasiz toʻldiruvchi doimo tushum kelishigi (-ni) shaklida boʻladi va ba‘zan 
kelishik qoʻshimchasi belgisiz qoʻllanishi mumkin: Bugun yangi kitobni sotib oldim. 
– Bugun yangi kitob sotib oldim. 
3-misol. Vositasiz toʻldiruvchilar ajratib koʻrsatilgan. 
1. Vaqtni oqilona taqsimlash – ish poydevori. (Y. Komenskiy) 2. Kimki bo‗sh 
vaqtini oqilona o‗tkaza olsa, shaxsiy madaniyati oliy darajadagi kishidir. (B. Rassel) 
3. Har bir kunni o‗lcha, sarflagan har bir daqiqangni hisobga ol! Faqat vaqt 
masalasidagina xasislik qilish mumkin. (T. Mann) 4. O‗rtamiyona odam vaqtni tez 
o‗tkazish payida bo‗ladi, iste‘dod sohibi esa undan foydalanib qolishga urinadi. (A. 
Shopengauer) 5. Har bir kishi kasb-korni mukammal bilmog‗i, yaxshi tarbiya 
olmog‗i va yaxshi xulq-odob, fazilatlarga ega bo‗lmog‗i kerak. (Abu Nasr Farobiy) 6. 
O„zingni shubhadin yiroq tut. (Muhammad Siddiq Rushdiy) 6. Yonbag‗irlarda rango-
rang tovlanib, xushbo‗y atrini taratayotgan gullarga nazar tashlayman. (R. Musayev) 
7. Ko„chani sho‗x-sho‗x bolalar to‗ldirib o‗tishdi. (A. Qurbonov) 8. Yangi-yangi 
ariqlar kavlab, qo„riqlar ochamiz. (Asqad Muxtor) 
 
VOSITALI TOʻLDIRUVCHI 
Joʻnalish, oʻrin-payt, chiqish kelishigidagi soʻzlar va koʻmakchilar bilan 
ifodalanib, kimga? nimaga? kimda? nimada? kimdan? nimadan? kim bilan? nima 
bilan? kim uchun? nima uchun? kim haqida? nima haqida? kabi soʻroqlarga javob 
boʻluvchi toʻldiruvchilar vositali toʻldiruvchi sanaladi. 
bilan, uchun, haqida, orqali, boʻyicha, xususida, toʻgʻrisida kabi koʻmakchilar 
vositali toʻldiruvchini shakllantiradi. 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling