Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


-misol. Atov gaplar ajratib koʻrsatilgan.  1. Bahor


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet221/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   310
7-misol. Atov gaplar ajratib koʻrsatilgan. 
1. Bahor. Kunlar iliqlashgan. Bodom qiyg‗os gullagan. 2. Maktab. 
Yoshligimning oltin davri shu dargohda o‗tdi. 3. Sentabrning boshlari edi. 
Talabalikning ilk kunlari edi. 4. Urush… Oynisa ayvonga suyangancha qotib qoldi. 
5. – Eh yoshlik, yoshlik! Suvday o‗tib ketadi-ya! – Qarilik ham! («Hikmatli latifalar 
va nishonga urilgan so„zlar») 6. Harakat qilmoq! Harakat qilmoq! Biz shuning 
uchun mavjudmiz. (I.Fixte) 7. Sayl. Hammayoq odamlarga to‗lib, g‗ala-g‗ovur, 
o‗yin-kulgi boshlanib ketdi. (Mirmuhsin) 8. Tun. Hammaga qo„rquv solib turuvchi 
Ixtiyoriddin qal‟asi. Baland va xo‗mraygan sovuq bu binoda chiroq yo‗q, faqat 
darvozalari, qalin devorlari ustida mash‘ala ko‗tarib yurgan posbonlargina bor. 
(Mirmuhsin) 9. Cheksiz dasht, yassi tepaliklar... Me‘morning mag‗rib tomonda, 
tepaliklar ustida yarqirab turgan yarim oy o‗rog‗iga ko‗zi tushdi. (Mirmuhsin) 10. 
Shavvol, ya‟ni saraton avjga mingan, havoning nihoyatda qizigan bir kuni
Tollimarjondan chiqqan uch arava Dasht karvonsaroyida andak to‗xtadi. (Mirmuhsin) 
Soʻzlovchi koʻz oʻngida yoki xotirasida ma‘lum bir voqelikni jonlantiruvchi 
har qanday gap atov gap boʻlavermaydi. Biror gap atov gap hisoblanishi uchun u 
ikkita xususiyatga ega boʻlishi kerak: 


224 
1) so‗zlovchi ko‗z o‗ngida biror voqea-hodisani, narsa-buyum yoki davrni 
gavdalantirishga, xotira yoki xayolida ular bilan aloqador voqea-hodisani tiklashga 
xizmat qilishi lozim; 
2) gapda ega mavjud boʻlmasligi lozim, atov gaplarda ega umuman ishtirok 
etmaydi va uni tiklab (topib) ham boʻlmaydi. 
Masalan: Bahor. Kunlar iliqlashgan. Bodom qiyg„os gullagan.
Ushbu misolda Bahor atov gap hisoblanadi. Kunlar iliqlashgan. Bodom 
qiyg„os gullagan gaplari esa garchi ma‘lum bir voqelikni jonlantirishga qaratilgan 
boʻlsa-da, atov gap emas. Chunki bu ikki gapda ega ishtirok etgan (kunlar va bahor). 
SO„Z-GAP 
Bir so‗z, «qotib qolgan» birikma shaklida bo‗lib, boshqa so‗z bilan kengayish 
imkoniyatiga ega bo‗lmagan gap so‗z-gap deyiladi. So‗z-gap tasdiq, inkor, so‗roq, 
taajjub, his-hayajon kabi ma‘nolarni ifoda etib, ular matn bilan bog‗liq bo‗ladi. So‗z-
gap, asosan, modal va his-hayajon munosabatlarini ifoda etgani uchun ham ko‗proq 
dialogik va ba‘zan monologik nutqqa xosdir. 
Masalan: 
 
– Endi so„zingizdan aynamang, xo„pmi? 
 
– Mayli,– dedi Fazliddin. (O.) 
 
– Yo‘q,– dedi Otabek, lekin uning taajjubi uy egasiga ochiq ko„rinib turar edi. 
(A.Qod.) 
 
Yo„lchi eshikchani ochib kirdi: 
 
– Assalomu alaykum, hormang, ota! (O.) 
Kishilar orasidagi oddiy muomalada tez-tez ishlatib turiladigan so‗z yoki ibora 
so‗z-gap vazifasida qo‗llanadigan bo‗lib qolgan: assalomu alaykum, yoqimli ishtaha, 
marhamat, salomat bo„ling, qulluq, osh bo„lsin, yaxshi boring, xush ko„rdik, labbay, 
jonim bilan, bajonidil kabi. 
Soʻz-gaplar ham shaxsi (egasi) noma‘lum gaplarning bir turi sanaladi. 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling