Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


Shaxsi (egasi) umumlashgan gap


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet219/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   310
Shaxsi (egasi) umumlashgan gapda gapning umumiy mazmuni barcha 
shaxslarga aloqador bo‗ladi: Hurmat qilsang, hurmat ko„rasan. (Maqol) Boshingga 
qilich kelsa ham, to„g„ri gapir. (Maqol)
Bunday gaplar mazmunan bir yoki bir necha kishiga emas, butun xalqqa, 
jamiyatga va barcha ommaga qaratilgan boʻladi. 
Maqol va matallar, hikmatli so‗zlar, odat tusiga kirgan rasm-rusumlarni bayon 
etuvchi gaplarda ega, asosan, umumlashgan bo‗ladi. Bugungi ishni ertaga qo„yma
5-misol. 
1. Eshik ochiq boʻlsa ham, soʻrab kir. 2. Sogʻliq tilasang, koʻp yema; Izzat 
tilasang, koʻp dema. 3. Bilmagan ishga urinma, urinib tuzoqqa ilinma. 4. Oʻzingga 
ehtiyot boʻl, qoʻshningni oʻgʻri tutma. 5. Yomonni ishga emas, oshga chaqir. 6. 
Yaxshilikni minnat uchun qilmaydilar. 7. Xonaga kirganda avval salom berishadi. 
Shaxsi ma‘lum gaplarda ham, shaxsi umumlashgan gaplarda ham ega 
kesimdan anglashilib turadi va har ikkalasida kesimning shaxs-soniga qarab egani 
tiklash mumkin boʻladi. Masalan, Darslaringni vaqtida bajar gapi shaxsi ma‘lum gap 
boʻlib, ega «Sen» ekanligi kesimning shaxs-sonidan anglashilib turibdi. Oʻzingga 
ehtiyot boʻl, qoʻshningni oʻgʻri tutma gapi esa shaxsi umumlashgan gap boʻlib, bunda 
ham ega «Sen» ekanligi kesimning shaxs-sonidan anglashilgan. Ana shu jihati bilan 
egasiz gaplarning bu ikki turi bir-biriga oʻxshaydi. Farqi: shaxsi ma‘lum gaplarning 
mazmuni bir yoki bir necha kishigagina tegishli boʻladi, shaxsi umumlashgan 
gaplarning mazmuni esa barchaga, butun ommaga, xalqqa qaratilgan boʻladi, ya‘ni 
Oʻzingga ehtiyot boʻl, qoʻshningni oʻgʻri tutma gapidagi «Sen» birgina kishini emas, 
butun jamiyat, barcha insonlarni ifodalaydi. 
SHAXSI (EGASI) NOMA‟LUM GAPLAR 
Shaxsi (egasi) noma‟lum gaplarda ega ishtirok etmaydi va egani umuman 
tiklab boʻlmaydi, kesimning shaxs-sonidan eganing qaysi soʻz ekanligi 
anglashilmaydi.
Masalan: Yig„ilishda ta‟lim samaradorligini oshirish haqida gapirildi


222 
Ushbu gapda kim gapirgani butkul noaniq, kesimdan soʻroq berib egani topib 
boʻlmaydi. 
Shaxsi (egasi) noma‘lum gapda kesim fe‘l bilan ifodalanadi va ish-harakatni 
bajarishga imkoniyat, zaruriyat, shart, tilak, istak kabi ma‘nolarni ifodalab keladi. 
Bunday gaplar kesimining eng muhim belgisi – uning tarkibida egalik 
qo‗shimchasining yo‗qligi. Bu gaplar shaxssiz emas, harakatni mantiqan kimdir 
bajaradi, lekin uni gapda ifodalab bo‗lmaydi: Do„stning aybini yuziga aytish kerak. 
Oyni etak bilan yopib bo„lmaydi. Bu mavzuni o„qish shart emas. Endi qattiq o„qishga 
to„g„ri keladi. 
 
Atov gap va so‗z gaplar ham shaxsi noma‘lum gaplardir. 
6-misol. 
1. Har qanday ishda mashaqqat borligini yodda tutish kerak. 2. Kadrlarni oʻz 
oʻrniga qoʻyish ishiga hanuz kirishilmadi. 3. Topshiriqni oʻz vaqtida bajarish kerak. 
4. Koʻnglida armon qolmasin deb, chilyosin qildirishga ham toʻgʻri keldi. 5. Ilmni 
mehnatsiz egallab boʻlmaydi. 6. Har qanday soʻzni oʻylab gapirish kerak. 
Shaxsi (egasi) noma‘lum gaplarning kesimi ot kesim boʻlsa, bunday kesim 
tarkibida hech qachon egalik qoʻshimchasi boʻlmaydi. Shaxsi (egasi) ma‘lum 
gaplarning kesimi ot kesim boʻlganda esa uning tarkibida, albatta, egalik 
qoʻshimchasi boʻladi.
Ot kesim tarkibidagi egalik qoʻshimchasi ega qaysi shaxsdagi soʻz ekanligini 
koʻrsatib turadi va unga qarab egani tiklash mumkin, bunday qoʻshimcha ot kesim 
tarkibida boʻlmaganda esa ega noma‘lum boʻladi. Solishtiring: 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling