Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


Yolg„onchilik, ezmalik, takabburlik, chaqimchilik


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet218/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   310
Yolg„onchilik, ezmalik, takabburlik, chaqimchilik izzat-obro‗ni barbod qiladi. 
(Junayd Bag„dodiy) 
Eganing ifodalanishi 
№ 
Soʻz turkumi 
Misollar 

Ot bilan 
Milt-milt yonib turgan chiroq birozdan so‗ng 
o‗chdi. 

Olmosh bilan 
Sen o‗zingni maqtama, seni birov maqtasin. 
(Maqol) 

Harakat nomi bilan 
O„qish jafoli, oqibati vafoli. (Maqol) 


220 
Otlashganda: 

Sifat bilan 
Yaxshilar 
ko‗paysin, 
yomon 
qolmasin. 
(Qo„shiqdan) 

Son bilan 
Ikkalasi ham chiqib ketishdi. 

Ravish bilan 
Soʻzning ozi yaxshi. 

Sifatdosh bilan 
O„qigan o‗qdan o‗zar, o„qimagan turtkidan 
shoshar. (Maqol) 

Taqlid soʻz bilan 
Qars ikki qo‗ldan chiqadi. (Maqol) 

Modal soʻz bilan 
Bor soʻzlaydi, yoʻq oʻylaydi.
10 
Undov soʻz bilan 
Ohi olamni tutdi. 
EGALI VA EGASIZ GAP. 
EGALI GAPLAR 
Gaplar eganing ishtirok etishi yoki etmasligiga koʻra ikki xil boʻlishi mumkin: 
1) egali gaplar; 
2) egasiz gaplar. 
Egasi mavjud gaplar egali gaplar sanaladi. Egali gaplarda gap tarkibida ega 
ishtirok etadi. Masalan: Biz bugun Samarqandga jo„naymiz. 
2-misol. 
1. Biz musobaqada yutamiz. 2. Men kecha teatrga bordim. 3. Mashinalar 
dovon bo‗ylab asta-sekin harakatlanmoqda. 4. Toʻlin oy osmonda ma‘yus boʻlib 
qolgandek tuyulardi. 5. Uzoq yoʻl bosib charchagan yoʻlovchilar kechki ovqatga 
ham qaramay uyquga ketishdi. 
EGASIZ GAPLAR 
Egasi mavjud bo‗lmagan, tarkibida ega ishtirok etmagan gaplar egasiz 
gaplardir.
Masalan: Bugun Samarqandga jo„naymiz
3-misol. 
1. Topshiriqni o‗z vaqtida bajaring. 2. Yaqin kunlarda yakuniy test 
sinovlaridan o‗tamiz. 3. So‗zimning ustidan chiqaman. 4. Bu qishloqqa shu yo‗ldan 
boriladi. 
Egasiz gaplarning quyidagi turlari mavjud: 
1) shaxsi (egasi) ma‘lum gaplar; 
2) shaxsi (egasi) umumlashgan gaplar; 
3) shaxsi (egasi) noma‘lum gaplar. 
 
SHAXSI (EGASI) MA‟LUM GAPLAR 
Shaxsi (egasi) ma‟lum gaplarda ega ishtirok etmaydi, ammo kesimning 
shaxs-son shakllaridan ma‘lum bo‗lib turadi. Bunday gaplarning kesimi, odatda, I va 
II shaxs, ba‘zan III shaxs shaklida boʻladi. Kesimning shaxs-soniga qarab tushib 


221 
qolgan (gapda ishtirok etmagan) egani tiklash mumkin. Masalan: Sermanzara bogʻni 
tomosha qilib yurgan edim. 
Bu gapda ega I shaxs birlikdagi «Men» ekanligi 
kesimdan anglashilib turibdi. Chunki kesim I shaxs birlik shaxs-son (-m) shaklida 
boʻlib, ega kesimga mos shaxs-sonda boʻlishi lozim. 
4-misol. Qavs ichida gapda ishtirok etmagan, ammo kesimning shaxs-sonidan 
anglashilib turgan egalar keltirilgan. 
1. Bu masala bilan oʻzingiz shugʻullaning. (Siz) 2. Albatta, bu safargi tanlovda 
gʻolib chiqamiz. (Biz) 3. Onalarimizni avaylaylik! (Biz) 4. Derazadan koʻchaga 
tikilaman. (Men) 5. Qachongacha qorning o‗ylab o‗tadirsan? Qachongacha ko‗kdan 
chalpak kutadirsan? (Sen) (I.Mirzo) 6. Tez orada yetib kelishadi. (Ular) 
 
SHAXSI (EGASI) UMUMLASHGAN GAPLAR 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling