Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


-misol. Soʻz-gaplar ajratib koʻrsatilgan.  1. – Barakalla


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet222/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   310
8-misol. Soʻz-gaplar ajratib koʻrsatilgan. 
1. – Barakalla, o‗g‗lim, shunday bo‗lish kerak, orzu-niyatingga, murod-
maqsudingga yet, – deb olqishladi, uni yaxshi tarbiya qilishga ahamiyat berdi. 
2. – Savob ishlarga rag‗bat qiling... – Xo„p... xo„p... (T.Malik) 
3. – Labbay, hazrat, sadongizdan aylanay, hazrat! (M.Shayxzoda) 
4. Mahmudxon (xatni qo‗yniga solub, yugurub turub): 
Assalomu alaykum, boy pochcha, kelsinlar, qani, marhamat (joy 
ko‗rsatub), qani, o‗tursinlar, manam hozir janobingizni kutib turuvdim (boy kursiga 
o‗tirur, fotiha o‗qur). 
Abdiqodirboy: Xayr, ziyoda davlat, Îllohu akbar. 
Mahmudxon (turub): Xush ko„rduk
Abdiqodirboy: Xush, salomat.Yangi xabarlar yo‗qmi, afandim? 
5. – Esonmisiz? Sarupolar muborak! 
Kumushbibining qizlarg‗a bergan javobi eshitilar-eshitilmaslik edi: 
– Qutlug„ ... 


225 
Egasiz gaplar deyilganda shaxsi (egasi) ma‘lum gaplar, shaxsi (egasi) 
umumlashgan gaplar va shaxsi (egasi) noma‘lum gaplar birgalikda tushuniladi. 
YIG„IQ VA YOYIQ GAP 
Ega va kesimdan yoki faqat kesimdan iborat gap yig‗iq gap hisoblanadi. 
Misollar: Men – o„qituvchi. O„qituvchiman. 
Tarkibida ega va kesimdan tashqari ikkinchi darajali boʻlaklar (hol, 
toʻldiruvchi, aniqlovchi)dan birortasi qatnashgan gap yoyiq gap sanaladi. Masalan: 
Men maktabda ishlayman. Kecha doʻstlarimiz bilan uchrashdik. Bogʻdan gullarning 
muattar hidi taralardi. 
1-misol. Yigʻiq gaplar. 
1. Vatan muqaddasdir. 2. Siz talabamisiz? 3. Oʻqiyman. 4. U quvonib ketdi. 5. 
Ishlayapman. 6. So‗z xulq-atvor demakdir. (L.Tolstoy) 
2-misol. Yoyiq gaplar. 
1. Tezda qaytaman. 2. Biz u bilan tanish emasmiz. 3. Odamlar bilan ularning 
aqliga monand gaplash. (Sa‟diy) 4. Amalsiz ilm – mevasiz yogʻoch. («Otalar soʻzi») 
5. Mutolaa insonni bilimdonlik sari, suhbat topqirlik sari yetaklaydi. (F.Bekon) 6. 
Ular ertaga barcha ishni tugatishar ekan. 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling