Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- (soʻroqlari) Xususiyati Misollar 1 Ravish (tarz) holi
- Maktabimizda
murakkab hol sanaladi: Maktabdan kelayotganimda do„stimni ko„rdim.
Murakkab hollarning ifodalanishi № Ifodalanishi Misollar 1 Takror soʻzlar bilan 1) Tiniq suvdan hovuch-hovuch oldi, qonib- qonib ichdi. 2) U vazifaning muhimligini takror-takror ta‘kidladi. 2 Soʻz birikmasi bilan Daraxtlarni oqlayotganimda akam kelib qoldi. 3 Iboralar bilan Tursunali mehmonxonadan kapalagi uchib chiqdi. 4 Qoʻshma fe‘l bilan Malika xafa boʻlib churq etmadi. 5 Koʻmakchi fe‘lli soʻz shakli bilan Mohira kitobni oʻqib chiqqach egasiga qaytarib berdi. 6 Kengaygan birikmalar bilan 1) Sharifa bilan Nasiba arazlashganda Durdona ularni yarashtirib qoʻydi. 2) Urush boshlanganda u hali koʻkrakdan ajralmagan goʻdak edi. HOLNING MA‟NO TURLARI Holning ma‟no turlari № Ma‟no turi (soʻroqlari) Xususiyati Misollar 1 Ravish (tarz) holi (qanday? qay tarzda? qay holda? qanday qilib?) Kesim yoki fe‘l bilan ifodalangan boʻlakdan anglashilgan harakat- holatning qay tarzda bajarilishini bildiradi. 1) Mashinalar dovon boʻylab sekin harkatlanadi. 2) Nigora yigʻlagancha uyga kirib ketdi. 2 Oʻrin holi (qayerga? qayerda? qayerdan?) Kesim yoki fe‘l bilan ifodalangan boʻlakdan anglashilgan harakat- holatning bajarilish yoki bajarilmaslik oʻrnini 1) Maktabimizda shoir va yozuvchilar bilan uchrashuv boʻldi. 2) Ular xiyobon yonida uchrashishga kelishishdi. 227 bildiradi. 3 Payt holi (qachon? qachongacha? qachondan beri? qay vaqt?) Kesim yoki fe‘l bilan ifodalangan boʻlakdan anglashilgan harakat- holatning bajarilish yoki bajarilmaslik paytini bildiradi. 1) Biz besh yil ilgari koʻrishgan edik. 2) Kecha akam armiyadan qaytdi. 4 Daraja-miqdor holi (qancha? nechta? qay darajada?) Kesim yoki fe‘l bilan ifodalangan boʻlakdan anglashilgan harakat- holatning bajarilishdagi miqdorini bildiradi. 1) U ayni muammolar haqida koʻp yozgan edi. 2) Shu gapni besh marta takrorladi. 5 Sabab holi (nega? nima uchun? nima sababdan? nima sababli?) Kesim yoki fe‘l bilan ifodalangan boʻlakdan anglashilgan harakat- holatning roʻy berish/bermaslik sababini bildiradi. 1) Rahmatilla noiloj koʻndi. 2) Salima darsni yaxshi tayyorlagani uchun maqtovga sazovor boʻldi. 6 Maqsad holi (nima uchun? nima maqsadda? nima qilgani?) Kesim yoki fe‘l bilan ifodalangan boʻlakdan anglashilgan harakat- holatning nima maqsadda roʻy berishini bildiradi. 1) Karimberdi ataylab shunday dedi. 2) Bolalar oʻynab kelish uchun koʻchaga chiqdi. TOʻLDIRUVCHI Gapning fe‘l bilan ifodalangan biror bo‗lagiga boshqaruv yo‗li bilan bog‗langan, kimni, nimani, qayerni, kimga, nimaga, kimda, nimada, kimdan, nimadan, kim uchun, nima uchun, kim haqida, nima haqida, kim bilan, nima bilan kabi so‗roqlarga javob bo‗luvchi ikkinchi darajali bo‗lakka to„ldiruvchi deyiladi. Toʻldiruvchi hokim boʻlakka boshqaruv usulida birikadi va uning mazmunini toʻldirib, predmetlik (shaxs va narsa) ma‘nosini ifodalaydi. 1-misol. Toʻldiruvchilar ajratib koʻrsatilgan. 1) U Ikromjonni frontga ana shunday kuzatib qolgan edi. 2) Elga el qo‗shilsa – davlat, eldan el ketsa mehnat. 3) Bu kitobni ukam uchun oldim. 4) Yangi film haqida suhbatlashdik. 2-misol. Toʻldiruvchilar ajratib koʻrsatilgan. 1. Arzimagan va befoyda narsalarga keragidan ortiqcha vaqt sarflash dono odam uchun nihoyatda og‗irdir va bu uni mislsiz tashvishga soladi. (Aflotun) 2. Modomiki, vaqt eng qimmatbaho mulk ekan, unda vaqtni talon-toroj qilish eng og‗ir gunohdir. (B. Franklin) 3. Inson boshiga tushishi mumkin bo‗lgan eng og‗ir yo‗qotish vaqtni boy berishdir. (Teofrast) 4. Odam tabiatan qiziq yaratilgan: boyligini yo‗qotsa, xafa bo‗ladi-yu, umri zoye ketayotganiga esa parvo qilmaydi. (Abul Faroj) 5. Vaqtini boy berayotganida xunob bo‗ladigan odam eng dono odamdir. 228 (Dante) 6. Vaqtning qadriga yetmagan kishiga shon-sharaf nasib bo‗lmaydi. (L. Vovenarg) Toʻldiruvchilarning ifodalanishi № Soʻz turkumi Misollar 1 Ot bilan Dilshod maktubni xolasiga berib koʻchaga chiqib ketdi. 2 Olmosh bilan Mayli-da, kimgadir yoqsa, yoqmasa, ularga qo‗shilib yig‗lasharmidik. (M.Yusuf) 3 Harakat nomi bilan Uning boqishlarini bir zum ham unutmayman. Otlashganda 4 Sifat bilan Yaxshiga qora yuqmas, yomonga el boqmas. 5 Son bilan Beshni beshga qo‗shsak, o‗n bo‗ladi 6 Ravish bilan Koʻpdan quyon qochib qutulmas. 7 Taqlid soʻz bilan Taqir-tuquringni yig‗ishtir. 8 Modal soʻz bilan Yoʻqni yoʻq deydi, borni bor deydi. 9 Undov soʻz bilan Ohimni eshitmadi. 10 Sifatdosh bilan Bilmagandan bilgan yaxshi, to‗g‗ri ishni qilgan yaxshi. SODDA VA MURAKKAB TOʻLDIRUVCHILAR Toʻldiruvchilar tuzilishiga koʻra ikki turga boʻlinadi: 1) sodda toʻldiruvchi; 2) murakkab toʻldiruvchi. Bir mustaqil so‗z bilan ifodalangan toʻldiruvchi sodda toʻldiruvchi deyiladi. Masalan: Vaqt hamma narsaga o„z ta’sirini o„tkazadi. Ikki va undan ortiq soʻz hamda kengaygan birikma bilan ifodalangan toʻldiruvchi murakkab toʻldiruvchi sanaladi: Voris hammaning ertaga ovga jo‘nashini aytdi. To‗ldiruvchi birikma holida bo‗lishi mumkin: Men uning go„zal siymosida qalbim ko‘zgusini, visol orzusini, umidim gulshanini ko„rardim. Erkin birikma bilan ifodalangan murakkab to‗ldiruvchi gap mazmunini to‗ldirish, oydinlashtirish vazifasini bajaradi. TOʻLDIRUVCHINING TURLARI To‗ldiruvchilar hokim bo‗lakdan anglashilgan harakat-holatga munosabatiga ko‗ra quyidagi ikki turga bo‗linadi: 1) vositasiz toʻldiruvchi; 2) vositali toʻldiruvchi. Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling