Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-misol.
13-mavzu:
GAPNING IKKINCHI DARAJALI BO„LAKLARI. HOL Hol ko‗proq kesimga bog‗lanib, undan anglashilgan ish-harakatning o‗rnini, paytini, holatini, bajarilish sababini, maqsadini, daraja-miqdorini bildiradigan ikkinchi darajali bo‗lak. Hollar qanday, qanday qilib, qay tarzda, qayerda, qayerga, qayerdan, qachon, nega, nima uchun, qancha kabi so‗roqlarning biriga javob bo‗ladi. Shunga ko‗ra, o„rin holi, payt holi, ravish holi, daraja-miqdor holi, sabab holi va maqsad holi farqlanadi. Hol ravish, kelishik shaklidagi va ko‗makchili otlar, olmoshlar, sifat, son, taqlid so‗z va fe‘lning xoslangan shakllari bilan ifodalanishi mumkin. 1-misol. Hollar ajratib koʻrsatilgan. 1. Kechqurun salqin bo‗ldi, ertalab shudring tushdi. 2. To„g„ri yursang, murodingga oson yetarsan. 3. Hozir maktab o‗quvchisiman, kelasi yil talaba bo‗laman. 4. Boshqa hech narsasi yo„qligi uchun bitta-yu bitta ho‗kizini berib yubordi. 2-misol. Hollar ajratib koʻrsatilgan. 1. Degil inson desang ani ne ajab, bo‗lmasa qirq yasharda aql-u adab. (Sayfi Saroyi) 2. Kishi ko‗pgina narsalarsiz ham yashay oladi, lekin tanholikda yashay olmaydi. (L.Berne) 3. Biri mahv bo‗layotgan joyda ikki kishi birlashib biri-birini qutqarishi mumkin. (O.Balzak) 4. Kishi jamiyat uchun yaralgan. U yolg„iz yashashga 226 layoqatli emas va yakka yashashga jur‘ati yetmaydi. (U.Blekstoun) 5. Kishi uzlatda yashay olmaydi, unga jamoat kerak. (I.Gyote) 6. Faqat odamlar orasidagina kishi o‗z-o‗zini anglashga qodir. (I.Gyote) SODDA VA MURAKKAB HOLLAR Hollar tuzilishiga koʻra ikki turga boʻlinadi: 1) sodda hol; 2) murakkab hol. Bir mustaqil so‗z bilan ifodalangan hol sodda hol deyiladi. Masalan: Kecha biznikiga mehmonlar kelishdi. Ikki va undan ortiq soʻz hamda kengaygan birikma bilan ifodalangan hol Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling