Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


-misol. Izohlash orqali ajratilgan boʻlaklar alohida koʻrsatilgan.  1. Boyagi yigitning, Avazning


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet242/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   310
2-misol. Izohlash orqali ajratilgan boʻlaklar alohida koʻrsatilgan. 
1. Boyagi yigitning, Avazning, qo‗li gul ekan. 2. Shu kuni kechqurun, 
daladan qaytishda, qori Siddiqjonga hamroh bo‗lib qoldi. 3. Men, Ibrohimov 
Sobir, hozir universitet talabasiman. 4. Bugundan, ya‟ni 6-maydan 13-maygacha
biz final musobaqalariga tayyorlanamiz. 5. Tirik ulki, undan keyin qolsa joy – 
hovuz, ko„l-u ko„prik-la karvonsaroy. (Sa‟diy) 6. Odam ikki marta yashamaydi, 
lekin bir marta – mazmunli yashashni ham bilmaydiganlar ko‗p. (F.Ryukkert) 7. 
O‗z hayotining mohiyatini bilmaydigan kishilarning, befarqlarning ahvoliga voy. 
(V.Paskal) 8. Farosatsizlik, axloqsizlik orqasida faqat huzur-halovatga mukkasidan 
ketganlarning, yengil-yelpi fikrlovchilarning hayoti sariq chaqaga ham arzimaydi. 
(I.Kant
Barcha gap boʻlaklari izohlash orqali ajratilishi mumkin. Asosan, ajratilgan 
toʻldiruvchi, ajratilgan qaratqich aniqlovchi, ajratilgan payt va oʻrin hollari izohlash 
orqali ajratiladi. 
Izohlash orqali gap boʻlaklarini ajratish 
№ 
Ajratilgan gap 
boʻlagi 
Misollar 

Kesim 
Komil buvaning uyi shu yongʻoqzor ichida –
Boʻrijarning qoq ustida emish. 

Ega 
Firma direktori, Toʻlagan Sharipovich, soʻzga 
chiqdi. 

Hol 
Dadam sharqirab oqib yotgan ariq boʻyida, bir
tup 
sadaqayragʻoch tagida toʻxtadi. 

Toʻldiruvchi 
Men bor joyda senga, chaqimchi bir insonga, nima 
bor?! 

Aniqlovchi 
Bu yigitlarning – Sattor va Berdiyorning
aytganlariga 
ishonmoqdan boshqa choramiz yoʻq edi. 
Ajratilgan boʻlakdan oldin kelgan va ajratilgan boʻlak tomonidan ma‘nosi 
izohlangan boʻlak ajratilmish boʻlak deyiladi. Masalan, Bugun kutubxonada eski 
doʻstimni – Sodiqni koʻrib qoldim gapida Sodiqni soʻzi ajratilgan boʻlak boʻlib, 
undan oldin kelgan ma‘nosi noaniqroq boʻlak doʻstimni soʻzi ajratilmish boʻlak 
sanaladi. 
Demak: 
1) gapdagi ma‘nosi noaniqroq boʻlgan va oʻzidan keyingi boshqa soʻz 
tomonidan izohlangan
boʻlak ajratilmish boʻlak
2) oʻzidan oldin kelgan ma‘nosi noaniqroq boʻlakning ma‘nosini aniqlashtirib, 
izohlab kelgan boʻlak ajratilgan boʻlak hisoblanadi. 


246 
Ajratilmish boʻlak har doim oldin, ajratilgan boʻlak doimo keyin keladi: Bu 
yerning, qishlogʻimizning tabiati oʻzgacha. Bu yerning – ajratilmish boʻlak, 
qishlogʻimizning – ajratilgan boʻlak. 
Izohlash orqali ajratilgan bo‗lak qaysi bo‗lakning ma‘nosini aniqlashtirgan 
bo‗lsa, oʻsha gap bo‗lagi bilan bitta so‗roqqa javob bo‗lib, bitta gap bo‗lagi 
vazifasida keladi. Masalan: Biz Xorazmda, Ma’mun ibn Ma’mun saroyida besh yil 
birga xizmat qilganmiz, begim. 
Mazkur gapda Ma‟mun ibn Ma‟mun saroyida degan ajratilgan bo‗lak 
Xorazmda degan o‗rin holining ma‘nosini aniqlashtirib, to‗ldirib kelayotgani uchun 
u bilan bitta so‗roqqa javob bo‗ladi va o‗rin holi hisoblanadi. 
Ma‘nosi noaniqroq boʻlgan boʻlak va uning ma‘nosini aniqlashtirib, izohlab 
kelayotgan ajratilgan boʻlak gapda bir xil soʻroqqa javob boʻladi, bir xil gap boʻlagi 
vazifasida keladi va bitta soʻzga tobelanib bogʻlanadi. Ana shu xususiyatlari bilan 
ajratilgan boʻlaklar uyushiq boʻlaklarga oʻxshab ketadi. Ularni bir-biridan farqlash 
lozim. 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling