Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet250/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   310
formasida edim) – ko‗z doktori Muhtarama Hamidova (hozir u kishi professor) 
ikkalamiz Hamza nomidagi O‗zbek Davlat akademik drama teatrining eski binosiga, 
Uyg‗unning «Qaltis hazil» komediyasini tomosha qilgani borgan edik. 
(K.Qahhorova) 4. Otinoyi, ko‗pincha, o‗z ishi bilan shug‗ullanar, darsda, asosan, 
xalifa (hozirgi til bilan aytganda, sinf boshlig„i) rahbarlik qilar, sho‗xlik qilgan 
qizlarga hàm xalifaning o‗zi jazo berar edi. (K.Qahhorova) 5. Toʻgʻrisini aytsam
men ham u odamni koʻp xushlamayman. (O. Yoqubov) 6. Shu barobar oʻsha 
tomondan dimogʻiga allaqanday achimsiq hid urildi (Nima boʻlsa ekan bu?) (Murod 
Mansur) 7. Dangalini aytsam, bunaqa qoʻl-oyoqli xizmatkor, boshqacha aytganda
farosatli qullar hali bizda koʻp emas. (Ulugʻbek Hamdam)
GAPDAGI KIRISH VA KIRITMALAR USLUBIYATI 
Tilimizdagi kirishlar deb umumlashtiriladigan birliklar juda katta uslubiy
ekspressiv-emotsional 
imkoniyatlarga ega. Kirishlar so‗zlovchining bayon 
qilinayotgan fikrga bo‗lgan subyektiv bahosi, turli munosabatini ifodalash uchun 
xizmat qiladi, ya‘ni nutqning ifodaliligi, ta‘sirchanligi, ekspressivligini ta‘minlaydi. 
Ular ishonch (U, albatta, keladi), gumon-taxmin (U, ehtimol, keladi), istak, 
mamnunlik (U, xayriyat, keldi), taajjub (Tavba, u kelmaydimi?!), ta‘kid (Axir, u 
keladi), fikrning kimga tegishliligi (Menimcha, u keladi), fikrni jamlash, xulosalash 
(Xullas, u keladi) kabi bir qancha uslubiy ma‘nolarni ifodalaydi. 
Kirishlar mohiyatan subyektiv ma‘no ifodalashga xoslangani uchun rasmiy 
uslubda deyarli qo‗llanmaydi.
Kirishlar alohida so‗z (afsuski, sizningcha, aytishlaricha kabi), so‗z birikmasi 
(gapning ochig„i, dangalini aytganda, so„zning qisqasi kabi), gaplar (Rostini aytsam, 
O„ylab ko„rsam, Buni qarang kabi) yoki undan katta birliklar shaklida bo‗lishi 
mumkin. 
Kirishlar asosiy gapdan verguldan tashqari, ayniqsa, gapga teng holatlarda 
qavslar, ba‘zan tire bilan ajratilishi mumkin. 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling