250
1-misol. Kiritmalar ajratib koʻrsatilgan.
1. Asli qiyofangni ko‗rsatishdan qo‗rqishing,
demak, o‗zingdan
nafratlanishingni bildiradi.
(J.Massiyon) 2. Ko‗pdan ko‗p baxtsizliklarning ildizi
shundaki, yoshlikdanoq bolani o‗z xohishlarini tizginlashga, bu ishni qilish mumkin,
bunisini,
albatta,
qilish kerak, buni qilish esa mumkin emas,
degan tushunchalarga
to‗g‗ri yondashishga o‗rgatilmaydi.
(V.Suxomlinskiy) 3. Mehnat ijodga aylangan
joyda,
tabiiyki, o‗lim
dahshati, hatto, fiziologik jihatdan ham yo‗q bo‗lib ketadi.
(A.Tolstoy) 4. Sernuqsonlik,
shubhasiz, yomon, ammo undan ham yomonrog‗i,
o‗zingda ularni tan olmaslik istagi, bunda mazkur nuqsonlarga o‗z-o‗zini aldash ham
qo‗shiladi.
(Paskal) 5. Izzattalablik o‗z holicha,
ehtimol,
nuqsondir, biroq u ko‗p
hollarda qadr-qimmat manbayidir.
(Kvintilian) 6. Safsata va quruq gap,
haqiqatan
ham, nafratga loyiq. Gapdan ko‗ra ish qilish kerak.
(V.Suxomlinskiy)
Kiritma so‗zlovchining o‗zi bayon etayotgan fikriga munosabati (ishonchi,
gumoni, tasdig‗i, inkori va h.), fikrning birovga nisbatlanishi (mansubligi,
aloqadorligi), o‗z fikri tarkibiy qismlarining ahamiyatliligi darajasi (birinchidan,
ikkinchidan va h.), fikri va uning tarkibiy qismlariga doir bayon etadigan qo‗shimcha
axboroti yoki izohi kabi rang-barang ma‘nolarni ifodalaydi.
Kiritma barcha bo‗laklar kabi sodda va murakkab bo‗ladi.
Sodda kiritmalar
so‗zlar va so‗z-gaplar bilan,
murakkab kiritmalar esa so‗z birikmasi,
kengaygan
birikma va gaplar bilan ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: