256
2. Uyushiq boʻlaklarda umumlashtiruvchi soʻzning xususiyatlarini tushuntiring.
3. Ajratilgan boʻlaklarni hosil qilish usullari haqida soʻzlab bering.
4. Uyshmagan boʻlaklar qanday xususiyatlarga ega boʻladi?
5. Kirish va kiritmalar haqida gapirib bering.
Adabiyotlar:
1. Sayfullayeva R. va boshqalar. Hozirgi oʻzbek tili. T.: Universitet, 2011.
2. Ўзбек тили грамматикаси. 2-қисм. – Т.: «ФАН», 1976.
3. Jamolxonov H. Hozirgi oʻzbek adabiy tili. – T.: 2005.
4. A.G'ulomov, M.Asqarova. Hozirgi o'zbek adabiy tili, sintaksis. – T.: 1965.
14-mavzu:
QO„SHMA GAPLAR
SODDA VA QO„SHMA GAPLAR
Bitta
kesimlik belgisiga, mazmuniy va ohang tugalligiga ega bo‗lgan gap
sodda gap, ikki yoki undan ortiq sodda gapning o‗zaro
grammatik va mazmuniy
munosabatidan tashkil topgan, ohang tugalligiga ega bo‗lgan butunlik
qo„shma gap
sanaladi.
Gap uchun muhim belgi kesimlikdir. Kesimning nechtaligi gaplarni sodda va
qo‗shma gaplarga ajratishga asos bo‗ladi. Masalan:
Men o„quvchiman – sodda gap;
Olim bo„lsang, olam seniki – qo‗shma gap.
1-misol. Sodda gaplar.
1. Jaloliddin Manguberdi mo‗g‗ul bosqinchilariga
qarshi kurashda jasorati
tufayli buyuk vatanparvar va milliy qahramon sifatida Sharq-u G‗arbda dong taratdi.
(B. Ahmedov) 2. Haqiqiy do‗stlarning sadoqati boshga ish tushganda bilinadi.
(Oybek) 3.
Bu vidolashuv, ayniqsa, Ulug‗bekka qattiq ta‘sir qildi.
(B. Ahmedov) 4.
Til millat ma‘naviyati va madaniyatining toshoynasidir.
(V. Rahmonov)
2-misol. Qoʻshma gaplar.
1. Quvonarlisi shundaki, Fitratning kitobi yangi milliy musiqashunosligimizga
asos soldi.
(R. Inog„omov) 2. Badbaxt ul kishidirki, anga so‗z ta‘sir qilmas.
(Mahmudxo„ja Behbudiy) 3. Jaholat bilan g‗azab odamga ashaddiy dushmandir, bu
ikkala dushman dastidan jon hamisha azob tortadi.
(Yusuf Xos Hojib) 4. G‗ayratlining
yuragi qaynar, G‗ayratsizning yuragi o‗ynar.
(Maqol)
Do'stlaringiz bilan baham: