Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


BIRIKTIRUV BOG„LOVCHILARI YORDAMIDA


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet259/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   310
BIRIKTIRUV BOG„LOVCHILARI YORDAMIDA 
BOG„LANGAN QO„SHMA GAPLAR 
Biriktiruv bog‗lovchisi qo‗shma gapning payt, sabab-natija munosabatlarida 
bo‗lgan qismlarini bog‗lab keladi. 
Qismlari o‗rtasida sabab-natija munosabati ifodalangan qo‗shma gaplarda 
ikkinchi qism oldidan natijada so‗zini qo‗yish mumkin bo‗ladi. Masalan: Anor 
so„zlar va Zaynab qalbi Tol bargiday dir-dir qaltirar. (Hamid Olimjon) // Anor 
so„zlar, (va) natijada Zaynab qalbi Tol bargiday dir-dir qaltirar. 
Ba‘zan -u (-yu), -da yuklamalari ham biriktiruv bog‗lovchilari bajargan
vazifalarni bajaradi. 
2-misol. 
1. U har uch qadamda bir to‗xtab, nafasini rostlay-rostlay tepaga zo‗rg‗a yetdi, 
qopni ag‗dardi-yu, muvozanatni saqlay olmay o‗tirib oldi. 2. Gulchehra «piq» etib
kuldi-da, cho‗zilib tugunni oldi. 3. Mashhur qora qashqa ayg‗irining chilvirini 
xirmondagi bolalarga tutqazdi-da, dabdurustdan chollar bilan gaplashib turgan 
Komilaga yuzlandi. 4. To‗satdan eshik sharaqlab ochildi va ostonada Ertoyev
paydo bo‗ldi. 5. Inobat qizishib ketib, pisandaga o‗tganini endi payqadi va uyalib
yerga qaradi. (O. Yoqubov) 
Biriktiruv bogʻlovchilari yordamida bogʻlangan qoʻshma gap qismlarining 
oʻzaro mazmun munosabati 
Munosabat 
Misollar 

Payt munosabati: 
a) qoʻshma gap qismlari bir 
paytda roʻy bergan voqea 
hodisani bildiradi; 
a) Yigitlar daraxtlarni oqladilar va qizlar hovlini 
supurdilar. 
b) Botir darslarini tayyorlab boʻldi va televizor 
koʻrib dam oldi. / Birdan momaqaldiroq chaldi 


260 
b) qoʻshma gap qismlari 
ketma-ket roʻy bergan voqea 
hodisani bildiradi; 
va yomgʻir yogʻdi. / Oyim qoʻlidagi tugunchani 
xontaxtaga qoʻydi-da, oshxonaga kirib ketdi. / 
Kechqurun otam keldi va unga butun voqeani 
aytib berdim. 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling