Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ba‟zan
- INKOR BOG„LOVCHISI YORDAMIDA BOG„LANGAN QO„SHMA GAPLAR
Voqea-hodisalarning
galma- gal(ketma-ket) roʻy berishi. Bogʻlovchilar: goh…goh, dam…dam, bir…bir, ba‘zan…ba‘zan. 1) Goh kuladi, goh yigʻlaydi. 2) Dam qurbaqalarning qurillashi eshitiladi, dam chigirtkalarning chirillashi quloqqa chalinadi. 3) Ba‟zan kutilmaganda paydo boʻlib qoladi, ba‟zan oylab qorasini koʻrsatmaydi. 2 Voqea-hodisalardan faqat bittasining roʻy berishi. Bogʻlovchilar: yo, yoki, yo…yo. 1) Yo ruchka olaman, yo qalam olaman. 2) Mashinaning nuqsoni boʻlsa tuzatiladi yo yana yaxshirogʻi yasaladi. INKOR BOG„LOVCHISI YORDAMIDA BOG„LANGAN QO„SHMA GAPLAR Inkor bog‗lovchisi bog‗langan qo‗shma gap qismlarini bog‗lash bilan birga ularda ifodalangan harakat-holat yoki belgining inkorini ham bildiradi. Shuning uchun bunday bog‗langan qo‗shma gaplarda kesimlar bo‗lishli shakldagi fe‘llar yoki bor, mavjud kabi so‗zlar orqali ifodalansa-da, mazmun inkor tarzida anglashiladi. Yozuvda takror qo‗llanayotgan bog‗lovchidan oldin vergul qo‗yiladi. 5-misol. 1. Oradan uch kun o‗tdi hamki, Mahmuda na birovga biron ish aytdi, na murod-u maqsadini surishtirdi. (Nabi Jaloliddin) 2. Ko‗kda na bitta yulduz ko‗rinadi, na undan tushishi mumkin bo‗lgan bir qatim nur. (Ulug„bek Hamdam) 3. 262 Na ko‗nglimni to‗ka olaman, Na o‗g‗limni so‗ka olaman. (Iqbol Mirzo) 4. Na baqirganingni birov eshitadi, na yordam deb chaqirganingni o‗zing eshitasan. (Ulug„bek Hamdam) 5. Na so‗zlarida ma‘no bor, na ishlarida hayo bor. (Oybek) 6. Uning kelganini na Qurbon ota payqadi, na Sidiqjon. (Abdulla Qahhor) Inkor va ayiruv bogʻlovchilari uyushiq boʻlaklarni va qoʻshma gap tarkibidagi sodda gaplarni oʻzaro bogʻlab keladi. Ularning uyushiq boʻlaklarni va sodda gaplarni bogʻlashi ba‘zan bir-biriga shaklan oʻxshab ketadi: Na so„zlarida ma‟no, na ishlarida hayo bor. – Na so„zlarida ma‟no bor, na ishlarida hayo bor. Birinchi gapda na…na inkor bogʻlovchisi uyushiq boʻlaklarni oʻzaro bogʻlagan boʻlsa, ikkinchi gapda qoʻshma gap tarkibidagi sodda gaplarni bogʻlash vazifasini bajargan. Bunda bogʻlovchining qanday til birliklarini bogʻlayotganligi gapdagi kesimlar soniga qarab aniqlanadi: birinchi gapda bitta, ikkinchi gapda ikkita kesim mavjud. Shuningdek, agar takror (ikkinchi marta) qoʻllanayotgan inkor yoki ayiruv bogʻlovchisi gap kesimidan keyin kelsa, qoʻshma gap tarkibidagi sodda gaplarni bogʻlayotgan hisoblanadi, boshqa gap boʻlaklari (ega, hol, toʻldiruvchi, aniqlovchi)dan keyin kelsa, uyushiq boʻlaklarni bogʻlash vazifasini bajaradi. Masalan: Bugun dalaga yo sen borasan, yo ukang boradi. – Bugun dalaga yo sen, yo ukang borasanlar. Birinchi gapda ikkinchi marta qoʻllanayotgan ayiruv bogʻlovchisi gap kesimi – borasan soʻzidan keyin kelayotgan uchun bu gapda ayiruv bogʻlovchilari qoʻshma gap tarkibidagi sodda gaplarni bogʻlab kelmoqda. Ikkinchi gapda esa takror qoʻllanayotgan ayiruv bogʻlovchisi gapning kesimidan keyin emas, balki egasi – sen soʻzidan keyin kelayotgani uchun uyushiq boʻlaklarni (uyushiq egalarni) oʻzaro bogʻlayotgan sanaladi. Inkor yoki ayiruv bogʻlovchilari yordamida bogʻlangan qoʻshma gap tarkibidagi ikkinchi gapning kesimi ba‘zan tushib qolishi mumkin: Uning kelganini na Qurbon payqadi, na Sidiqjon payqadi. Uning kelganini na Qurbon payqadi, na Sidiqjon. Bunda tushib qolgan kesimning mavjudligi birinchi gapdan anglashilib turadi. Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling