261
Yo (yoki) bog‗lovchisi yolg‗iz
holda ham, takror holda ham qo‗llanishi
mumkin. Qolgan ayiruv bog‗lovchilari takror holda qo‗llaniladi va yozuvda takror
qo‗llanayotgan bog‗lovchidan oldin vergul qo‗yiladi.
4-misol.
1. Yo siz keling, yo men boray.
(Qo„shiq) 2. Dam jahlim chiqadi, dam kulgim
qistaydi.
(Oybek) 3. Goh
osmonni tutib ashula yangraydi, goh allaqayerdan garmon
tovushi eshitiladi.
(Oybek) 4.
Dam kun birdan qizib ketadi, dam bulut kelib, jala
quyadi.
(Qamchibek Kenja) 5.
Yo mehmon kelganini bilmaydi, yo o‗zini
bilmaganlikka soladi.
(Nabi Jaloliddin) 6. Yo urug‗ aynigan yoki agrotexnika
qoidalari buzilgan.
(«Xalq so„zi» gazetasidan.) 7.
Goh qah-qah kulgi ovozi
eshitiladi, goh musiqa sadosi avjiga chiqadi.
(Ismoil To„lak) 8. Yo bir maslahatni
aytib bo‗ladi, yo ro‗zg‗or ishini.
(Cho„lpon) 9. Goh u birdaniga o‗yga tolib yuragimga
g‗ulg‗ula solar, goh xomush tortib qolganimni ko‗rib kular edi.
(Xayriddin Sulton)
10. Usmonali militsiyaga dam telefon qilar, dam o‗zi borib kelar, yana kechasi bilan
telefon oldida o‗tirib chiqardi.
(S. Zunnunova) 11.
Yo istagan bu maqsadga
erishaman, yo o‗lim meni bu yo‗lda halok etadi.
(Ibn Sino) 12.
Ba‘zan jurnalda
she‘rlari bosilar, ba‘zan biror gazetada chiqish qilar edi.
Ayiruv bogʻlovchilari yordamida bogʻlangan qoʻshma gap qismlarining
oʻzaro mazmun munosabati
Munosabat
Misollar
1
Do'stlaringiz bilan baham: