257
Qoʻshma gap qismlarini bogʻlovchi vositalar
Bogʻlovchi vositalar
Misollar
1
Bogʻlovchilar:
a) teng bogʻlovchilar: va, hamda,
ammo, lekin, biroq, yo, yo…yo,
dam…dam, na…na;
b)
ergashtiruvchi
bogʻlovchilar:
chunki, negaki, toki, agar, agarda,
mabodo.
a) Toʻsatdan eshik sharaqlab ochildi
va
ostonada Ertoyev paydo boʻldi.
b) Bu yil choʻllarda oʻt moʻl,
chunki
yomgʻir koʻp yogʻdi.
2
Bogʻlovchi vazifasidagi vositalar:
a) boʻlsa, esa, deb soʻzlari;
b) yuklamalar: -u(-yu), -da, -ki
;
d) nisbiy soʻzlar: kim – u, nima – shu,
qayer – shu yer;
e) koʻmakchili qurilmalar: shuning
uchun, shu tufayli, shu sababli;
f) shart mayli qoʻshimchasi: -sa.
a) Egrilik insonni qabohatga yetaklaydi,
toʻgʻrilik
boʻlsa uni saodatga boshlaydi.
b) Oradagi masofa yirogʻ-
u,
mehr bizni
bogʻlab turardi.
d) Kim yaxshi oʻqisa,
oʻsha oʻqishga
kiradi.
e) Yozi bilan tinimsiz harakat qildik,
shuning uchun moʻl hosil oldik.
f) Yerga mehringni bersang, u seni
toʻydiradi.
3
Ohang
Kuz
keldi,
yigʻim-terim
ishlari
boshlandi.
3-misol. Qoʻshma gap qismlarini bogʻlovchi vositalar ajratib koʻrsatilgan.
1. Adab kichkinalar mehrini ulug‗lar ko‗ngliga soladi
va u mehr kattalar
ko‗nglida abadiy qoladi.
(Alisher Navoiy) 2. Fikr ravshan bo‗l
sa, albatta, uning
shakli ham ravshan bo‗ladi.
(P. Qodirov) 3. Haqiqiy olim o‗zining
ilmi bilan
maqtanmaydi,
chunki u o‗zidan ham zo‗r olim va fozil borligini biladi.
(«Hikmatnoma»dan) 4. Badanning quvvati – ovqat, aqlning kaliti – hikmat.
(Maqol)
5.
Kimning qalbi pok bo‗lsa,
u to‗g‗ri va baxtli hayot kechirishga haqli.
(H.
Razzoqov)
Do'stlaringiz bilan baham: