Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


Ega va undalmaning farqlanishi


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet254/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   310
Ega va undalmaning farqlanishi 
№ 
Vazifasi 
Misollar 
Oʻxshash 
xususiyatlari 
Farqi 

Ega 
1. Sobirjon darsga 
bordimi? 
2. Doʻstim bugun 
shu ishni tugatib 
qoʻydi. 
Ega ham, 
undalma ham 
bosh kelishikdagi 
soʻzlar bilan 
ifodalanadi. 
Ega 
kesimga 
bogʻlanadi va kesim 
bilan 
shaxs-sonda 
moslashadi: 
Sobirjon 
darsga 
bordimi? 
Ega: Sobirjon – III 
shaxs birlikda; 
Kesim: bordimi – III 
shaxs birlikda. 

Undalma 
1. Sobirjon, ertaga 
darsga borasizmi? 
2. Doʻstim, bugun 
shu ishni tugatib 
qoʻyaylik. 
Undalma hech bir 
soʻzga bogʻlanmaydi 
va kesim bilan shaxs-
sonda moslashmaydi: 
Sobirjon, 
ertaga 
darsga borasizmi? 
Undalma: Sobirjon – 
III shaxs birlikda; 
Kesim: borasizmi – 
II shaxs koʻplikda. 
Ega ifodalanmagan: 
Siz soʻzi ega boʻlishi 
lozim edi. 
Undalma qatnashgan gaplarda koʻpincha ega tushirib qoldiriladi. Chunki 
mazmunan undalma gap egasiga murojaatni bildiruvchi soʻz boʻlgani uchun egani 
qoʻllashga ehtiyoj boʻlmaydi. Undalmali gaplarning kesimi asosan I va II shaxs 
shakllarida boʻladi. 
Undalma tuzilishiga koʻra ikki turga boʻlinadi: 1) yigʻiq undalma; 2) yoyiq 
undalma. 
Bir soʻz bilan ifodalangan undalmalar yigʻiq undalma deyiladi: Toshkentim
oftobsan Sharqda nur sochgan. Azizim, payt keldi, ko„nglim yoraman, insonman, sen 
horsang, men ham horaman. 
Ikki va undan ortiq soʻzlar bilan ifodalangan, oʻziga qarashli aniqlovchisi va 
izohlovchisi bor undalmalar yoyiq undalmadir. Masalan: Xullas, o‘rtoq rais, aylangiz 
imdod, men sizga haq gapni aytaman tikka. Ey ko‘hna Sharqimizning hech so‘nmas 
mash’alasi, noming kabi mustahkam, poydor bo„l hamisha. 


255 
Undalmalar gap boshi va oxirida kelsa, bir tomondan, gap o‗rtasida kelsa, ikki 
tomonidan vergul bilan ajratiladi. Agar undalmadan oldin undov soʻz kelsa, undov 
soʻz va undalma oʻrtasiga hech qanday tinish belgisi qoʻyilmaydi: Ey uka, bu yoqqa 
qarang. 
Undov soʻz undalmadan keyin kelsa, chiziqcha bilan ajratib yoziladi: 
Ukaginam-ey, shundoq demaysizmi? 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling