Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet251/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   310
 
4-misol. Kirishlar ajratib koʻrsatilgan. 
1. Aytishlaricha, uni ona qornidan sihat-salomat tushirtirgan va birinchi daf‘a 
yo‗rgaklagan kampir hazilkashligi va sho‗xligi bilan xotinxalaj o‗rtasida dong 
chiqargan Hamro enaymish. (Cho„lpon) 2. Shunda Alijonning ko‗zi g‗azabdan yonib 
ketdi. Qiyomat qo‗pdi (Yuvosh odamning jahli chiqsa, yomon bo„larkan). (O„. 
Hoshimov) 3. Voy, xolaginang aylansin, katta yigit bo‗p qopsan-ku, bolam. (Murod 
Mansur) 4. Yo tavba! Bu shaharlik mehmonlarimizning qo‗li shunchalar shirinmidi 
yoki qo‗y go‗shtining mazasimidi, lekin osh juda zo‗r bo‗libdi. (Murod Mansur) 5. 


252 
Hayriyatki, yana ko‗rishishga muyassar bo‗ldik. (P. Qodirov) 6. Axir, Adhamxon 
bolalikdan birga o‗sgan sodiq ko‗kaldoshingiz-ku, hazratim! (P. Qodirov) 7. Xullas
markazga imi-jimida, hech kimga bildirmay jo‗nagan Sherqo‗zi qaytishda hammaga 
ko‗z-ko‗z qilib govmish sigirining qaymog‗idek tovlanib turgan «Jiguli»ni haydab 
keldi. (Ahmad A‟zam) 8. Qurg„ur, o‗zi ham kiyikdek bo‗lar ekan, sal tizginni 
bo‗shatsang, uchadi-ya, uchadi! (Ahmad A‟zam) 
Tilimizdagi kiritmalar deb umumlashtiriladigan birliklar so‗zlovchining bayon 
qilinayotgan fikrga qo‗shimcha izohi, to‗ldiruvchi ma‘lumotini ifodalaydi. Ular 
nutqning aniqligi va to‗liqligini ta‘minlaydigan muhim vositalar sifatida nutqning 
deyarli barcha uslublarida qo‗llanadi. Ammo badiiy va publitsistik uslublarda 
qahramon xarakterini ochish, uning nutqini individuallashtirishdagi muayyan 
holatlarni izohlash, fikr ifodalashning o‗ziga xos usuli kabi vazifalarni ham bajaradi. 
Kiritmalar ham so‗z, so‗z birikmasi va gap shakllarida bo‗lishi mumkin. 
Ko‗pincha qavslar bilan asosiy gapdan ajratiladi: O„g„lining qo„liga to„rt dona 
chachvon (chimmat) tutqazdi. (G„afur G„ulom) Ijobatni olgandan keyin yuqorida 
mazkur Toshkent ashroflari bir majlis qurib, o„tirishga Normuhammad qushbegi 
(Toshkent hokimi)ni ham chaqiradilar. (Abdulla Qodiriy) Oqposhshoning in‟omi 
kelganini eshitgan xotinlar (ustaning onasi va xotini) talashib, nari-beri gapga borib 
qoldilar. (Cho„lpon) Salomatxonning dadasi, soqol-mo„ylovidan tegirmon gardi 
arimaydigan (u kishi qishloqda tegirmonchilik qilardi) xushsurat mo„ysafid qizining 
peshonasidan o„pib xayrlashdi. (Said Ahmad) 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling